Kasimova Fatima Tulkunovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzui, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandolat mahsulotlari misolida kichik biznesda raqamli marketingni rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari», 08.00.11 – Marketing, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzui ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt357.
Ilmiy maslahatchi: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bekmuradov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznesda raqamli marketingni rivojlantirish bo‘yicha nazariy asoslar va metodologik qoidalarni, shuningdek ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes sub’ektlari tomonidan qo‘llaniladigan marketing strategiyalarining turlari tasniflanib, qandolatchilik sanoatida ulardan foydalanishning potensial darajalarini hisoblash asosida internet-reklama, mobil marketing, SMM, elektron pochta marketingi va hamkorlik dasturlari kabi raqamli marketing vositalari tavsiya etilgan;
kichik biznes sub’ektlarida raqamli marketing texnologiyalari yordamida brend-platformalarni takomillashtirish orqali qandolat mahsulotlari iste’molchilari tomonidan savdo markalari taniqlilik darajasini 52% ga, ishonchlilik va imij darajasini 5 pog‘onaga qadar yaxshilash taklifi asoslangan;
ijtimoiy tarmoqlarda raqamli marketing vositalari yordamida qandolatchilik mahsulotlarini ilgari siljitish strategiyasi asosida kichik qandolatchilik korxonalari faoliyatida elektron axborot kommunikatsiyalarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini 7,73 birlikka (veb-saytning axborot qoplamasi – 1,88; teskari aloqa imkoniyati – 1,35; katalog – 2,5; qo‘shimcha parametrlar -2,0) oshirish taklifi asoslangan;
Toshkent shahridagi qandolatchilik kichik korxonalarining raqobat ustunliklari darajasi bozordagi raqobat muhitiga turli omillar ta’sirini ifodalovchi “raqobatbardoshlik ko‘pburchagi” orqali aniqlanib, har bir omilning miqdoriy me’yorlari (narx (R=0,21),korxona imiji (I=0,13), assortiment (A=0,15), reklama va mahsulotni ilgari surish bo‘yicha aksiyalar (ADV=0,28), etkazib berish imkoniyati (D=0,18))ni o‘zaro muvofiqlashtirish orqali raqobatning ko‘zda tutilgan darajasini ta’minlash taklifi asoslangan;
raqamli marketing rivojlanishining telekommunikatsiya infratuzilmasi darajasiga bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model` asosida 2030 yilga qadar qandolat mahsulotlari elektron tijorat hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida tadbirkorlikning marketing faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
kichik biznes sub’ektlari tomonidan qo‘llaniladigan marketing strategiyalarining turlari tasniflanib, qandolatchilik sanoatida ulardan foydalanishning potensial darajalarini hisoblash asosida internet-reklama, mobil marketing, SMM, elektron pochta marketingi va hamkorlik dasturlari kabi raqamli tavsiya etilgan marketing vositalari O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati Uyushmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati Uyushmasining 2022 yil 12 sentyabrdagi 12-98/09/-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi qandolatchilik mahsulotlari turlarining kengayishiga xizmat qilib, 2022 yilda korxonaning eksport salohiyatini 22 foizga oshirish imkonini ta’minlagan;
kichik biznes sub’ektlarida raqamli marketing texnologiyalari yordamida brend-platformalarni takomillashtirish orqali qandolat mahsulotlari iste’molchilari tomonidan savdo markalari taniqlilik darajasini 52% ga, ishonchlilik va imij darajasini 5 pog‘onaga qadar yaxshilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati Uyushmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati Uyushmasining 2022 yil 12 sentyabrdagi 12-98/09/-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida brend-platformalari orqali qandolat mahsulotlari iste’molchilari tomonidan savdo markalari taniqlilik darajasi, ishonchlilik va imij darajasini yaxshilash imkoniga erishilgan;
ijtimoiy tarmoqlarda raqamli marketing vositalari yordamida qandolatchilik mahsulotlarini ilgari siljitish strategiyasi asosida kichik qandolatchilik korxonalari faoliyatida elektron axborot kommunikatsiyalari samaradorlik ko‘rsatkichlarini 7,73 birlikka (veb-saytning axborot qoplamasi – 1,88; teskari aloqa imkoniyati – 1,35; katalog – 2,5; qo‘shimcha parametrlar -2,0) oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati Uyushmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati Uyushmasining 2022 yil 12 sentyabrdagi 12-98/09/-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi qandolatchilik mahsulotlari savdo hajmining oshishiga yordam berib, 2022 yilda korxona foydasini 23,4 foizga oshirish imkonini ta’minlagan;
Toshkent shahridagi qandolatchilik kichik korxonalarining raqobat ustunliklari darajasi bozordagi raqobat muhitiga turli omillar ta’sirini ifodalovchi “raqobatbardoshlik ko‘pburchagi” orqali aniqlanib, har bir omilning miqdoriy me’yorlari (narx (R=0,21),korxona imiji (I=0,13), assortiment (A=0,15), reklama va mahsulotni ilgari surish bo‘yicha aksiyalar (ADV=0,28), etkazib berish imkoniyati (D=0,18))ni o‘zaro muvofiqlashtirish orqali raqobatning ko‘zda tutilgan darajasini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati Uyushmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati Uyushmasining 2022 yil 12 sentyabrdagi 12-98/09/-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yilda mahalliy qandolat bozori ulushini 21,2 foizga oshirish imkoniga erishilgan;
raqamli marketing rivojlanishining telekommunikatsiya infratuzilmasi darajasiga bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model` asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqarilgan qandolat mahsulotlari elektron tijorat hajmining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati Uyushmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati Uyushmasining 2022 yil 12 sentyabrdagi 12-98/09/-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi elektron tijorat tizimini yaratish va 2022-2030 yillarga mo‘ljallangan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlari asosida istiqboldagi asosiy faoliyat parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.