Baxronova Komila Yadgorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda xulq-atvor buzilishlari namoyon etilishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/P53.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor; To‘laganova Gulchexra Kuchkarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar xulq-atvorining buzilishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash hamda ularning ota-onalari uchun xulq-atvor buzilishlarini bartaraf etishga mo‘ljallangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘zini-o‘zi baholashning darajaviy namoyon bo‘lishi ta’sirida hissiy –irodaviy, kommunikativ, kognitiv komponentlar bilan bog‘liq shaxs defferensial xususiyatlarini ijtimoiy- axloqiy kontekstda shakllanishiga asoslanib bola xulq-atvorining dinamik rivojlanib borishi dalillangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘ziga hissiy munosabatni ifodalanishiga ko‘ra, sog‘lom bolalarda «boshqalarni qabul qilish» va «hukumronlikka intilish» xususiyatlarini hissiy qulaylik fonida, nosog‘lom bolalarda esa internal sifatlar ta’sirida rivojlanishi tufayli ijtimoiy moslashish mezonlarining differinsial namoyon bo‘lishi dalillangan;
ota-onalarning o‘z farzandlarini tushunmasliklari, o‘zaro ijtimoiy-psixologik nomutanosibliklarning intensiv ta’siri natijasida bola shaxsidagi xavotirlik, o‘z-o‘zidan qoniqmaslik, agressivlik, infantillik, arazchilik, kamgaplik, tajovuzkorlik kabi sifatlarning rivojlanishi sababli bolada hulqiy buzilish belgilari yuzaga kelishi asoslangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda xulq-atvor buzilishlarini bartaraf etish psixotexnologiyalari ta’sirida bolalarda vaziyatni adekvat baholashga yo‘naltirilgan xulq-atvor, axloqiy xulq motivatsiyasi va frustratsiya vaziyatida me’yoriy harakat qila olish tendensiyasining shakllanishi tufayli ijtimoiy moslashuvchanlik darajasining ortib borishi isbotlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda xulq-atvor buzilishlari namoyon etilishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘zini-o‘zi baholashning darajaviy namoyon bo‘lishi ta’sirida hissiy–irodaviy, kommunikativ, kognitiv komponentlar bilan bog‘liq shaxs defferensial xususiyatlarini ijtimoiy-axloqiy kontekstda shakllanishiga asoslanib bola xulq-atvorining dinamik rivojlanib borishi dalillanganligiga doir xulosalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1b-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» o‘quv dasturida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 martdagi P-M-1b-son buyrug‘i va ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘ziga hissiy munosabatni ifodalanishiga ko‘ra, sog‘lom bolalarda «boshqalarni qabul qilish» va «hukumronlikka intilish» xususiyatlarini hissiy qulaylik fonida, nosog‘lom bolalarda esa internal sifatlar ta’sirida rivojlanishi tufayli ijtimoiy moslashish mezonlarining differinsial namoyon bo‘lishi dalillanganligiga doir tavsiyalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1b -sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» o‘quv dasturiga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 martdagi P-M-1b-son buyrug‘i va ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar xulq-atvoridagi salbiy holatlarni korreksiya qilish bilan bog‘liq ota-onalik munosabatlari ijtimoiy-psixologik tahlil qilish tamoillari asosida takomillashtirilgan;
ota-onalarning o‘z farzandlarini tushunmasliklari, o‘zaro ijtimoiy-psixologik nomutanosibliklarning intensiv ta’siri natijasida bola shaxsidagi xavotirlik, o‘z-o‘zidan qoniqmaslik, agressivlik, infantillik, arazchilik, kamgaplik, tajovuzkorlik kabi sifatlarning rivojlanishi sababli bolada hulqiy buzilish belgilari yuzaga kelishi asoslanganligiga doir tavsiyalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1 b-sonli buyrug‘iga asosan «Deviantologiya asoslari» o‘quv dasturida va respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Samarqand mintaqaviy filialining 2020 yil 4 martdagi 01/64-sonli buyrug‘iga asosan «Axborot konsalting xizmati» faoliyatida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 martdagi P-M-1 b-son buyrug‘i va ma’lumotnomasi hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Samarqand mintaqaviy filialining 2020 yil 4 martdagi 01/64-sonli buyrug‘i va ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq psixokorreksion ishlarning samaradorligi oshirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda xulq-atvor buzilishlarini bartaraf etish psixotexnologiyalari ta’sirida bolalarda vaziyatni adekvat baholashga yo‘naltirilgan xulq-atvor, axloqiy xulq motivatsiyasi va frustratsiya vaziyatida me’yoriy harakat qila olish tendensiyasining shakllanishi tufayli ijtimoiy moslashuvchanlik darajasining ortib borishi aniqlanganligi to‘g‘risida keltirilgan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1b-sonli buyrug‘i asosida «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» o‘quv dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6-martdagi 89-03-990-son, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 martdagi P-M-1b-son buyrug‘i va ma’lumotnomalari). Natijada oilalardagi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq ziddiyatli holatlarning bartaraf etilishida muayyan darajada samaradorlikka erishilgan.