Yax`yaeva Inobat Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): 
«To‘qimachilik korxonalarida tejamkor ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13– «Menejment» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt330.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurodov Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kazakov Olim Sobirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati korxonalarida tejamkor ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarida tejamkor ishlab chiqarishni boshqarishga omilli yondashuv samarasini xomashyo, materiallar va resurslar sarfining ilmiy asoslangan me’yorlariga amal qilish (TM=0,38), ishlab chiqarishdan yo‘qotishlarning oldini olish (TY=0,13), chiqitsiz texnologiyalarini joriy etish (TChT=0,17) hamda xodimlarning mehnatga tejamli munosabati (TX=0,32) maqbul nisbatlarini ta’minlash orqali maksimallashtirish asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarida tejamkor ishlab chiqarishni rag‘batlantirish tizimi boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari o‘rtasida resurslarning potensial tejash imkoniyatlari hisob-kitobiga asoslangan “mahsulot ishlab chiqarish dasturiy xaritasi”ni joriy etish orqali takomillashtirilgan;
to‘qimachilik tarmog‘idagi turdosh korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat ko‘rsatkichlarining taqqoslama tahliliga asoslangan resurslardan tejamli foydalanishdagi ustunlik, yo‘qotish va imkoniyat holatlarining davriy o‘zgarishi asosida korxonalarda tejamkor ishlab chiqarishni boshqarishda taktik qarorlarni kiritish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik sanoati tarmog‘idagi korxonalar mahsulot ishlab chiqarish hajmining inersion va intensiv yo‘nalishlar bo‘yicha 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarida tejamkor ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalarida tejamkor ishlab chiqarishni boshqarishga omilli yondashuv samarasini xomashyo, materiallar va resurslar sarfining ilmiy asoslangan me’yorlariga amal qilish (TM=0,38), ishlab chiqarishdan yo‘qotishlarning oldini olish (TY=0,13), chiqitsiz texnologiyalarini joriy etish (TChT=0,17) hamda xodimlarning mehnatga tejamli munosabati (TX=0,32) maqbul nisbatlarini ta’minlash orqali maksimallashtirish bo‘yicha taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 28 apreldagi DM-03-son ma’lumotnomasi).  Natijada  “Apiteks” MChJ da xom ashyo va materiallarga ketgan harajatlarni 89831,7 mln.so‘mga qisqartirishga erishilgan;
to‘qimachilik korxonalarida tejamkor ishlab chiqarishni rag‘batlantirish tizimi boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari o‘rtasida resurslarning potensial tejash imkoniyatlari hisob-kitobiga asoslangan “mahsulot ishlab chiqarish dasturiy xaritasi”ni joriy etish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 28 apreldagi DM-03-son ma’lumotnomasi). Natijada “Osboron tekstil” MChJ XK da nuqsonsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishni motivatsiyalash hisobiga qo‘shimcha 51900  kg №54,  74587 kg №40 kalava ipini ishlab chiqarishga erishilgan;
to‘qimachilik tarmog‘idagi turdosh korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat ko‘rsatkichlarining taqqoslama tahliliga asoslangan resurslardan tejamli foydalanishdagi ustunlik, yo‘qotish va imkoniyat holatlarining davriy o‘zgarishi asosida, korxonalarda tejamkor ishlab chiqarishni boshqarishda taktik qarorlarni kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 28 apreldagi DM-03-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni joriy etilishi hisobiga  “Osboron tekstil” MChJda nuqsonga yo‘l qo‘yilgandagi va tuzatishdagi ortiqcha yo‘qotishlardan jami ish vaqtidan 3,51 ming soatga iqtisodga erishilgan.
to‘qimachilik sanoati tarmog‘idagi korxonalar mahsulot ishlab chiqarish hajmining inersion va intensiv yo‘nalishlar bo‘yicha 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari  O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasining 6-bandidagi  “To‘qimachilik sanoatini uzoq muddatli texnik-iqtisodiy rivojlanishining maqsadli paramertlarini” belgilash bo‘limida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 28 apreldagi DM-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, innersion ssenariy bo‘yicha to‘qimachilik sanoati maxsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2030 yilda 44655,1 mlrd. so‘mni, innovatsion ssenariy bo‘yicha esa 49657,2 mlrd. so‘mni tashkil etishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish