Xamidova Aziza Abdufattoevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (oliy ta’lim muassasalari misolida)»,  08.00.05 –  Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1543. 
Ilmiy rahbar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01. 
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetov  Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimova Mashxura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«ta’lim xizmatlari» tushunchasi mohiyati mazkur xizmatlarni amalga oshirishning moliyaviy-moddiy imkoniyatlarini yaratish (mustahkamlash) va xizmatlarning ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltirilganini chuqurlashtirish yuzasidan ta’lim xizmatlariga to‘lov turi asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalarda  innovatsion loyihalarni, startaplarni moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash tartibi kraudfanding texnologiyasi asosida takomillashtirish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim xizmatlari narxini shakllantirish omillari tarkibida  ta’lim muassasasi darajasi, chegirma va iste’molchilar bilan «teskari aloqa»ni alohida e’tiborga  olishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
oliy ta’lim xizmatlari bozoriga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olgan holda bitiruvchilar raqobatbardoshlik darajasini oshirishning 2025 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
ta’lim xizmatlarini amalga oshirishning moliyaviy-moddiy imkoniyatlari va xizmatlarning ijtimoiy maqsadlarga xizmat qilishini chuqurlashtirish yuzasidan ta’lim xizmatlariga to‘lov turi asosida takomillashtirilgan «ta’lim xizmatlari» tushunchasi  Samarqand davlat universiteti kengashining 2021 yil 30-noyabrdagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan 421 raqamli guvohnoma asosida 60310100-iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun chop etilgan «Kadrlarni innovatsion boshqarish» nomli darslikga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19-iyuldagi 89/04-270-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sifati va samaradorligining uslubiy asoslarini ta’lim xizmatlariga to‘lov turiga ko‘ra takomillashtirgan holda soha moliyaviy-moddiy imkoniyatlarini baholashning aniqlik darajasini oshirish va prognozlash sifatini ko‘tarishga xizmat qiladi;
oliy ta’lim muassasalarda  innovatsion loyihalarni, startaplarni moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash tartibi kraudfanding texnologiyasi asosida takomillashtirish taklifi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining (18.07.2022 y, 107/1-6-sonli buyruq) 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturiga hamda Samarqand davlat universitetining (15.07.2022 y, 246-ij-sonli buyruq) rivojlantirish dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19-iyuldagi 89/04-270-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish oliy ta’lim muassasalarida bu texnologiya asosida innovatsion loyihalar va ilmiy tadqiqot ishlanmalarini shaffoflik, ixtiyoriylik va teng huquqlilik tamoyillari asosida moliyalashtirish imkonini bergan;
oliy ta’lim xizmatlari narxini shakllantirish omillari tarkibida  ta’lim muassasasi darajasi, chegirma va iste’molchilar bilan «teskari aloqa» Samarqand iqtisodiyot va servis institutining (18.07.2022 y, 107/1-6-sonli buyruq) 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturiga hamda Samarqand davlat universitetining (15.07.2022 y, 246-ij-sonli buyruq) rivojlantirish dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19-iyuldagi 89/04-270-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish ta’lim xizmatlariga ilmiy asoslangan holda narxni hisoblash va real sharoitlarga OTMning narx siyosati shakllanishida moslashuvchanlik va egiluvchanlikni ta’minlash imkonini bergan;
oliy ta’lim xizmatlari bozoriga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olgan holda bitiruvchilar raqobatbardoshlik darajasini oshirishning 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari»ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19-iyuldagi 89/04-270-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish 2022-2025 yillarda ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi bitiruvchilarining raqobatbardoshligi darajasini 87,0 foizgacha va 10000 aholiga to‘g‘ri keladigan talabalar sonini 22,8 foizgacha etkazish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish