Ibodov Kamoliddin Mamatqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Restoran xizmatlari sohasi raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1035.
Ilmiy rahbar: Muxammedov Murod Muxamadievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Akramov Toxir Abdiraxmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimova Mashhura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bozor munosabatlari rivojlanishining bugungi sharoitida restoran xizmatlari sohasi raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“restoran xizmatlari” tushunchasining ta’rifi xizmatlar tarkibida mijozning individual iste’mol xohish-istagi va sanitariya-gigienik talabiga asosan restoran xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini tashkil etishga ko‘ra takomillashtirilgan;
restoran xizmatlari raqobatbardoshligini baholash uslubiyati mijozlarning qo‘shimcha mablag‘ sarflashi va iste’molning naflilik darajasini oshirishi hisobiga taom resepturasida belgilangan xizmat darajasidan chetlangan holda buyurtma berishi negizida taom tayyorlashni individuallashtirish va qo‘shimcha qiymat hajmini oshirishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
aholi jon boshiga real daromad, va restoran xizmatlari narxining korrelyasion bog‘liqligiga hamda mijozlar individual iste’mol talabiga ko‘ra Samarqand viloyatida restoran xizmatlari ko‘rsatishni 2021-2023 yillarda rivojlantirishning prognoz parametrlari asoslangan;
restoran xizmatlari sifati va raqobatbardoshligini inklyuziv mijozlarning iste’mol taomillarini hisobga olgan holda davlat-xususiy sheriklik tamoyiliga ko‘ra ustuvor tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Restoran xizmatlari sohasi raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
“restoran xizmatlari” tushunchasining mohiyati ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibida mijozning individual iste’mol talabi va sanitariya-gigienik talabiga ko‘ra naflilik darajasini oshirish asosida restoran xizmatlari ko‘rsatish jarayonini tashkil etish bo‘yicha takliflar 5610100–“Xizmatlar sohasi (restoran ishi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun tayyorlangan “Restoran ishida marketing” nomli darslikka kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-sonli buyruq bilan tasdiqlangan 892-027 raqamli guvohnomasi). Mazkur takliflar, bir tomondan “restoran xizmatlari” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tizimli va kengroq tushunilishi ta’minlanib marketing fani mazmunan boyitishga, ikkinchi tomondan restoran xizmatlari ko‘rsatishning uslubiy asoslarini mijozning inividual xohish-istagi negizida takomillashtirishga hamda innovatsion restoran xizmatlari asosida qo‘shilgan qiymat hajmini oshirishga xizmat qilgan;
restoran xizmatlari raqobatbardoshligini baholashning qo‘shimcha mablag‘ sarflashi va iste’molning naflilik darajasini oshirishi hisobiga taom resepturasida belgilangan xizmat darajasidan chetlangan holda buyurtma berishi negizida xizmat ko‘rsatishni individuallashtirish va qo‘shimcha qiymat hajmini oshirishiga ko‘ra takomillashtirilgan uslubiyati 5610100–“Xizmatlar sohasi (restoran ishi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun tayyorlangan “Restoran ishida marketing” nomli darslikka kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-sonli buyruq bilan tasdiqlangan 892-027 raqamli guvohnomasi). O‘quv jarayoniga tadbiq etilgan mazkur ilmiy tavsiya natijasida fan mavzusi mazmunan boyitilishga erishilgan hamda restoran hizmatlarini ko‘rsatishni sifat jihatdan yangi pog‘onaga olib chiqishga va qo‘shimcha qiymat hajmini oshirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda kadrlar malakasini oshirishni tubdan qayta tashkillashtirish, restoran xizmatlariga innovatsion usullarni faol joriy qilish zarurati negizida uslubiy-amaliy tadbirlarning takomillashuviga xizmat qilgan;
aholi jon boshiga real daromad va restoran xizmatlari narxining korrelyasion bog‘liqligiga hamda mijozlar individual iste’mol talabiga ko‘ra Samarqand viloyatida restoran xizmatlari ko‘rsatishni 2021-2023 yillarda rivojlantirishning prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2020-2022 yillarda Jomboy tumanini kompleks rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda va “2022-2026 yillarda Samarqand viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”da ko‘zda tutilgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, Samarqand shahrida yangi tashkil etiladigan hududlarning asosiy drayverlarini belgilashda restoranlar, kafe-barlar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 10 maydagi 11/03-15-306-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi natijasida tanlab olingan omillarning bog‘liqligi kesimida Samarqand viloyatida tarmoq va hududiy prognoz ko‘rsatkichlarining aniqlik darajasini oshirishga hamda 2021-2023 yillar mobaynida restoran xizmatlari hajmining 8,09-8,22 foizgacha ko‘payishi asoslantirilgan;
restoran xizmatlari sifati va raqobatbardoshligini inklyuziv mijozlarning iste’mol taomillarini hisobga olgan holda davlat-xususiy sheriklik tamoyiliga ko‘ra ustuvor tashkil qilish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2020-2022 yillarda Jomboy tumanini kompleks rivojlantirish Dasturi”ni ishlab chiqishda va “2022-2026 yillarda Samarqand viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”da ko‘zda tutilgan Samarqand shahrida yangi tashkil etiladigan hududlarning asosiy drayverlari sifatida restoranlar, kafe-barlar tashkil etish chora-tadbirlarini belgilashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 10 maydagi 11/03-15-306-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi restoran xizmatlarini tashkil qilish shakllarini takomillashtirish va inklyuziv mijozlarning iste’mol taomillarini hisobga olgan holda ovqatlanish xizmatlarini kengaytirishga, fast-fud va salqin ichimliklar vendingi, ko‘chma fast-fud va stritfudlarni joylashtirish asosida savdo avtomatlari orqali oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosini 1,8% ga kengayishiga, buyurtma bo‘yicha ovqat etkazib berish va oziq-ovqat mahsulotlarini etkazish bo‘yicha boshqa xizmatlarning rivojlanishiga muayyan darajada xizmat qilgan.