Nishanbaeva Firuza Murodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali tonzillitni davolashda konservativ davoni takomillashtirish va klinik-immunobiokimeviy mezonlari», 14.00.04–Otorinlaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib.1400.
Ilmiy rahbar: Xushvakova Nilufar Jurakulovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat  tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Savel`eva Elena Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi), Lutfullaev Gayrat Umrillaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Rim tibbiyot universiteti (Italiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda surunkali tonzillitning turli shakllarini an’anaviy davolash usuliga qo‘shimcha vena ichidagi qonni lazerli nurlantirishni qo‘llash orqali davo samaradorligini oshirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali tonzillitning toksiko-allergik shaklining o‘rta og‘ir darajasida metatonzillyar asoratlar bemorlarda uchrashi aniqlangan; 
surunkali tonzillit bilan og‘rigan bolalarda taklif etilgan terapiyani qullash umumiy kon zardobidagi IgA, IgM, IgG ko‘rsatkichlarining asosiy guruxda yukori bo‘lishi va intoksikatsiyaning leykotsitar indeksini pasayishi natijasida mahalliy immunitet tizimining tiklanishi aniklangan;
surunkali tonzillit bilan og‘rigan bolalarda kompleks davolash usulini qo‘llash natijasida katalaza va superoksidismutaza faolligining kamaytirish orqali antioksidant tizimni tiklanishi isbotlangan;
surunkali tonzillit bilan og‘rigan bolalarda an’anaviy davolash usuli bilan birgalikda vena ichidagi qonni lazerli nurlantirish terapiyasini qo‘llanilishi natijasida immun tizim faollashishi, mikrotsirkulyasiyaning erta tiklanishi va kasallik residivlarining oldini olishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kompleksli davoni takomillashtirish maqsadida qonni tomir ichi lazerli nurlantirishning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali tonzillit bilan og‘rigan bemorlarni olib borish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Surunkali tonzillit bilan og‘rigan bemorlarni olib borish algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 martdagi 8nr/262-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiya davolashni maqbullashtirish va o‘tkaziladigan davo tadbirlarining samaradorligini oshirishga xamda konservativ davolash natijalarini 72-86% holatda yaxshilanishiga imkon bergan; 
davolashda  qonni tomir ichi lazerli nurlantirishning taklif etilayotgan eng kam shikast etkazuvchi davo usuli hisoblanadi va surunkali tonzillit  tashxisli bemorlarni davolashning maqbul klinik natijalariga erishishga imkon berishiga asoslanib “Surunkali tonzillitni davolash va profilaktik algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 martdagi 8nr/262-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali tonzillit bilan og‘rigan bemorlarda QTLN samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ma’lumotlar ushbu tarqalgan kasallikni majmuaviy konservativ davolashda mazkur usulni keng qo‘llashga imkon bergan;
surunkali tonzillitni davolashda konservativ davoni takomillashtirish va klinik-immunobiokimeviy mezonlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari soglikni saklash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasi va Toshkent shaxar Uchtepa tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saklash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8 n-d/251-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tibbiyot amaliyotiga tadbshh etilishi surunkali tonzilitning konservativ davolash usullarini takomillashtirish, bolalarda asoratlarni kamaytirish va kasallikning qaytalanishlarini qisqartirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish