Xayatova Zarnigor Marufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “XIX asr ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida xurmatning ifodalanishi(lingvopragmatik va ijtimoiy-madaniy jihatlar)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2312.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Arustamyan Yana Yur`evna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tilshunosligida hurmat konseptining XIX asr badiiy matnlari orqali ifodalanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr ingliz va o‘zbek adabiyotida “hurmat” konsepti namoyon bo‘lishining o‘ziga xosligi, shuningdek, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va texnologik o‘zgarishlar, gender tengsizligi kabi o‘xshash va hurmatning grammatik eksplikatsiyasi o‘rtasidagi tafovut sen olmoshi ko‘pincha norasmiy nutqda ishlatish, siz hurmat va xushmuomalalik ko‘rsatish maqsadida keksa odamlarga murojaat qilish kabi farqlovchi xususiyatlari dalillangan;
XIX asr ingliz va o‘zbek xalqining hurmat konseptida verballashtirilgan ijtimoiy-madaniy o‘ziga xosliklari XIX asr ingliz va o‘zbek adabiyoti badiiy matnlarida aks etishi asoslangan;
XIX asr ingliz va o‘zbek xalqi o‘rtasidagi munosabatlar, xulq-atvor va muomalani ifodalovchi qadriyatlar hamda hurmat konseptini ifodalovchi madaniy dominantlar, shuningdek, uning har bir lingvomadaniyatdagi o‘xshash va farqli o‘ziga xos xususiyatlari isbotlangan;
XIX asr ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida hurmat konseptining nutqiy aktlarda ifodalanishining buzilishi, hurmatsizlikka etaklovchi omillar, oilaviy munosabatlar, an’anaviy tadbirlarda ishtirok etish, odob-axloqning ahamiyati, salomlashish, an’anaviy mezbon va mehmon munosabatlari, er va xotin munosabatlari kabi pragmatik o‘ziga xosliklari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosalar, tavsiyalar va ishlanmalar asosida:
XIX asr ingliz va o‘zbek adabiyotida “hurmat” konsepti namoyon bo‘lishining o‘ziga xosligi, shuningdek, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va texnologik o‘zgarishlar, gender tengsizligi kabi o‘xshash va hurmatning grammatik eksplikatsiyasi o‘rtasidagi tafovut sen olmoshi ko‘pincha norasmiy nutqda ishlatish, siz hurmat va xushmuomalalik ko‘rsatish maqsadida keksa odamlarga murojaat qilish kabi farqlovchi xususiyatlariga oid xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining YoA-1-06 “Tarjimonlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini nazorat qilishni tashkil etishga vakolatli yondashuv” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 4 martdagi 04/11-1636-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha hurmat konseptini aks ettirish bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar bilan ta’minlangan;
XIX asr ingliz va o‘zbek xalqining hurmat konseptida verballashtirilgan ijtimoiy-madaniy o‘ziga xosliklarning badiiy matnlarda aks etishiga oid xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining Erasmus+ UNICAC 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP 1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “Markaziy Osiyo va Xitoyda bilimlarni uzatish bo‘yicha universitetlararo hamkorlik asoslari” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 4 martdagi 04/11-1636-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy qadriyatlarni o‘rganish muammosi bilan bog‘liq ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida boyitishga erishilgan;
XIX asr ingliz va o‘zbek xalqi o‘rtasidagi munosabatlar, xulq-atvor va muomalani ifodalovchi qadriyatlar hamda hurmat konseptini ifodalovchi madaniy dominantlar, shuningdek, uning har bir lingvomalaniyatdagi o‘ziga xos xususiyatlariga oid xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining PZ-201709134 “Filologiya yo‘nalishida ingliz tilini o‘rganish sifatini baholash shakllari va tamoyillariga zamonaviy yondashuv” nomli loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 4 martdagi 04/11-1636-son ma’lumotnomasi). Natijada, XIX asr ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida hurmat konsepti muammolarini badiiy talqin etish nuqtai nazaridan o‘rganishdagi samaradorligi ko‘rsatilgan;
XIX asr ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida hurmat konseptini ifodalashning kundalik suhbatda nutq harakatlarida boshqalarga, ayniqsa, keksa odamlarga hurmat-ehtirom muhim rol` o‘ynashi kabi pragmatik o‘ziga xosliklari aks etishiga oid xulosalardan DUK “Mahalla” teleradiokanali madaniy-ma’rifiy va adabiy dasturlari muharrirlari tomonidan tayyorlangan ko‘rs “Bir asar tarixi” radio dasturida foydalanilgan (Mahalla Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 23 fevraldagi 760-son ma’lumotnomasi). Natijada, radio tinglovchilarining ingliz va o‘zbek tillarida “hurmat” konsepti, har ikki madaniyatda XIX asr ijtimoiy va madaniy jihatlari haqida ma’naviy-ma’rifiy mazmun bilan boyitish imkonini bergan.