Ismatov Zafar Baxtiyorovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dukkakli moyli ekinlarning (eryong‘oq, soya) zamburug‘ kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx129.

Ilmiy rahbar: Xolmuradov Erkin Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xoldorov Mirxalil Urazbekovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent va Surxondaryo viloyatlari sharoitida etishtirilayotgan eryong‘oq va soya o‘simliklaridagi mavjud kasalliklarni aniqlash, kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlarini ajratish, ularning rivojlanish va tarqalish darajalari, keltirgan zararlarini belgilash hamda ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Toshkent va Surxondaryo  viloyatlari sharoitda etishtirilgan eryong‘oq o‘simligining 2 ta bo‘lim, 3 ta sinf, 3 ta tartib, 5 ta oila, 14 turkum va 18 ta turlariga ajratilgan va aniqlangan;

 soya ekinlaridan 3 ta bo‘lim, 4 ta sinf, 9 ta tartib, 11 ta oila va 25 ta turkumga mansub 47 ta zamburug‘ turlari ajratib olingan;

o‘tkazilgan tajribalar asosida eryong‘oqda 12 ta kasallik qo‘zg‘atuvchi, soyadan esa 15 ta zamburug‘ turlarini qo‘zg‘atadigan kasalliklar tarqalganligi aniqlangan;

kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning tarqalishi, morfologik xususiyatlari asosida kasalliklarga qarshi kimyoviy kurash choralari va ularning biologik, xo‘jalik hamda iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Dukkakli, moyli ekinlarning (eryong‘oq, soya) zamburug‘ kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

Toshkent viloyati, O‘rta-Chirchiq tumanidagi «Sholi, don va dukkakli ekinlar ilmiy tajriba stansiyasi» da 3 gektar soya maydonida soyaning dog‘lanish kasalligiga qarshi «Fundazol», «Foliar BT» fungisidlari 89 foiz me’yorda qo‘llash texnologiyasi joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 dekabrdagi 07/29-1133-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 5,2–3,1 sentnergacha qo‘shimcha soya hosili olishga erishilgan;

eryong‘oqning dog‘lanish  kasalliklariga qarshi «Fundazol», «Foliar BT» fungisidlarini qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati, Qibray  tumanidagi O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy tajriba stansiyasida 4 gektar eryong‘oq ekilgan maydonda hamda Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani  «Shuhrat Rajabov», «Egamberdi Ostanaqulov», «Asilbek Temirov» va «Sardorbek Normamatov» fermer xo‘jaliklarida jami 20 gektar eryong‘oq ekilgan maydonlarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 dekabrdagi 07/29-1133-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori biologik samaradorlikka erishilgan va gektaridan 5,2–4,1 sentner qo‘shimcha hosil olingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish