Nafasov Zafar Nurmaxmadovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Igna bargli daraxtlarni asosiy so‘ruvchi zararkunandalardan himoya qilish tizimini ishlab chiqish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx55.

Ilmiy rahbar: Yaxyaev Hoshim Qosimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Kimsanbaev Xujamurod Xamroqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Farruxbek Ergashboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: igna bargli daraxtlarning so‘ruvchi zararkunandalarining tarqalishi va zararini, tabiiy entomofaglarining tur tarkibi, zararkunandalar populyasiyasi miqdorini kamaytirishdagi ahamiyati hamda himoya qilish tizimini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Respublikamiz sharoitida igna bargli daraxtlarning asosiy so‘ruvchi zararkunandalarning tarqalishi, zarari, tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari, so‘ruvchi turlarining rivojlanishning fenologiyasi va zararlanish darajalari aniqlangan;

igna bargli daraxtlar tizimida so‘ruvchi zararkunandalarning paydo bo‘lishini bashorat qilish va qarshi kurash tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish muddatlari aniqlangan;

igna bargli daraxtlarning asosiy so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurashning yuqori samara beruvchi biologik va kimyoviy usullari ishlab chiqilgan;

ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va o‘rmon xo‘jaliklari uchun qulay, arzon va samarali, atrof-muhit va tabiiy entomofaglar uchun esa bezarar bo‘lgan kurash tizimi ishlab chiqilgan;

igna bargli daraxtlarni so‘ruvchi zararkunandalardan himoya qilish tizimi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zararkunandalarga qarshi kurashning majmuaviy tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:

igna bargli daraxtlarning asosiy so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda qo‘llanilgan «Bagira», «Imitrin», «Ovipron», preparati «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati»ga kiritilgan «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 15 noyabrdagi 02-12/2025-son ma’lumotnomasi). Natijada igna bargli daraxtlarning asosiy so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi yaratilgan ishlanmalar amaliyotga joriy etishda xizmat qilmoqda;

Toshkent viloyati sharoitida so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi «Bagira» kimyoviy preparatini 0,3 l/ga me’yorda qo‘llash, ishlanmalar Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari o‘simliklarni himoya qilish markazlarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 17 martdagi 02/20-257-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 100 tup saqlab qolingan daraxt hisobida «Bagira» preparati 0,3 l/ga qo‘llanilganda iqtisodiy samaradorlik 1516 ming so‘mni, «Atilla» 0,7 l/ga qo‘lanilganda 1508 ming so‘mni tashkil qilgan;

Toshkent shahri hokimiyati Obodonlashtirish boshqarmasi sharoitida so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi «Bagira» kimyoviy preparatini 0,3 l/ga, «Ovipron» 15 l/ga me’yorda 17000 tup igna bargli daraxtlarda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 17 martdagi 02/20-257-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy samaradorlik har 100 tup hisobida 1516470 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish