Altmisheva Yorqinoy Majidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “«Boburnoma»ning ruscha tarjimalarida diniy kontentlarning autentligi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1605.    
Ilmiy rahbar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Boltaboev Xamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Boburnoma»ning badiiy asosida diniy kontentlarning mavzular tipologiyasini yaratish hamda Mixail Sal`e tomonidan amalga oshirilgan ruscha tarjimalarida islomiy diskurslar tarjimasi xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Boburnoma»da qo‘llanilgan  islomizmlarning tarjima tilida o‘zlashtirish jarayonida yuz bergan semantik o‘zgarishlarni morfologik, sintaktik hamda semantik jihatdan kompleks tahlilga tortish orqali diniy realiya va atamalar berilishida yo‘l qo‘yilgan nomuvofiqliklar aniqlanib, ularning yuzaga kelishiga bibleizmlarga almashtirish, xristian realiyalaridan ekvivalentlar keltirish kabi sabablar ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan;
olamning  lisoniy manzarasi nuqtai nazaridan islomiy lug‘aviy birliklarga xos tarjima transformatsiyalarining leksik va semantik turlarini o‘girishda ekvivalentlarni tanlashdagi mutarjim mahorati ilmiy asoslangan;
«Boburnoma»da keltirilgan Qur’on oyatlarini saralash natijasida tematik resurslar tipologiyasi yaratilgan hamda diniy atamalar tematik lug‘atini tuzish tajribasi islomiy kontent va realiyalarni izohlash, interpretatsiyalash vositasida takomillashtirilgan.
M.Sal`e tamonidan amalga oshirilgan «Boburnoma»ning ruscha tarjimasida diniy realiya va kontentlar translyasiyasining autentlik darajasi aniqlashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Boburnoma»ning ruscha tarjimasida muallif uslubiga xos xususiyatlarning aks etishi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
M.Sal`e tamonidan amalga oshirilgan «Boburnoma»ning ruscha tarjimasida diniy realiya va kontentlar translyasiyasining aniqlashtirilgan autentlik darajasi haqidagi xulosalardan A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan FZ-201912258 - «O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish» mavzusidagi fundamental tadqiqotni amalga oshirishda diniy kontentlar tarjimasida yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklarni bartaraf qilishda foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 9 sentyabrdagi 16/2489-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy kontentlar autentligi tarjimasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga erishilgan;
«Boburnoma»da qo‘llanilgan  islomizmlarning tarjima tilida o‘zlashtirish jarayonida yuz bergan semantik o‘zgarishlarni morfologik, sintaktik hamda semantik jihatdan kompleks tahlilga tortish orqali diniy realiya va atamalar berilishida yo‘l qo‘yilgan nomuvofiqliklar xususidagi natijalaridan «Bobur ensiklopediyasi»ning tegishli maqolalarini tahrirlashda, xususan, ensiklopediyani rus tiliga tarjima qilishda foydalanilgan  (Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Xalqaro jamoat fondining 2022 yil 12 yanvardagi 3/2-son ma’lumotnomasi). Natijada ensiklopediyaning Zahiriddin Muhammad Bobur asaridagi diniy kontentlar haqidagi ma’lumotlarning ruscha adekvat tarjimasi kiritilgan, ayrim tushunchalar qo‘shimcha kontekstual ma’noga ko‘ra izohlangan;
olamning  lisoniy manzarasi nuqtai nazaridan islomiy lug‘aviy  birliklarga xos leksik va semantik turlarini o‘girish jarayonida ularga muvofiq ekvivalentlarni tanlashdagi  mutarjim mahorati to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, G02 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiy janrlarining nazariy muammolari tadqiqi», FA-F-1-005 «Qoraqalpoq adabiyoti va fol`kloristikasi tarixi tadqiqi» fundamental ilmiy loyihalarida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 15 apreldagi 17.02/62-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ruscha manbalarga tegishli qismi «Boburnoma» tarjimasi, tarjimalarda yozuvchining o‘ziga xos uslubi xususiyatlarini qayta yaratish muammolariga oid yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
«Boburnoma»da keltirilgan Qur’on oyatlarini saralash natijasida tematik resurslar tipologiyasi yaratilgan hamda diniy atamalar tematik lug‘atini tuzish tajribasi islomiy kontent va realiyalarni izohlash, interpretatsiyalash vositasida  takomillashtirilishi xususidagi ilmiy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Andijon viloyati teleradiokompaniyasi»ning adabiy, ilmiy-ma’rifiy «Ma’naviyat sarchashmasi» ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 21 maydagi 01-24/116-son ma’lumotnomasi).  Natijada ko‘rsatuv ssenariysi tadqiqot ilmiy yangiliklari bilan boyitilgan, keng jamoatchilikka «Boburnoma»ning ruscha tarjimalarida Qur’on oyatlari tipologiyasi, asardagi diniy-ma’rifiy qarashlarga oid ma’lumotlarni etkazish imkoniyatlari kengaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish