Gulyamov Doniyor Taxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tish kariesini prognozlash uchun miqdoriy flyuoressensiya nuridan foydalanish samaradorligi », 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1227.
Ilmiy rahbar: Xudanov Baxtinur Oybutaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Maslak Elena Efimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Yonse universiteti (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tishlarning okklyuzion yuzasida karies rivojlanish xavfini bashorat qilish uchun miqdoriy flyuoressensiya nuridan foydalanish samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
doimiy molyarlar chuqurchalari sohasidagi qattiq to‘qimalar holatini vizual-taktil va miqdoriy nur flyuoressensiyasi bilan karies faolligini hisobga olgan holda baholash natijalari o‘rtasida 69,2% tafovut mavjudligi aniqlangan;
miqdoriy nur flyuoressensiya texnologiyasining klinik samaradorligi va ishonchliligini belgilovchi, tish karashining kariesogenlik darajasi qizil flyuoressensiyaning ortishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
VOPI, Cariview va Qray kompyuter dasturlari yordamida tish karashining kariesogenlik darajasini qiyosiy tahlil qilish natijasida tish karashining hajmi ortishi sababli okklyuzion yuzada karies rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
kariesni tashxislash uchun miqdoriy nur flyuoressensiyasi, ICDAS-2 va Bitewing rentgenografiyasi usullari qiyosiy tahlil qilinishi natijasida klinik samaradorligining eng yuqori usul aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tish kariesini bashorat qilish uchun miqdoriy nur flyuorossensiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini baholash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
tish karashlari kariesogenligini baholash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Novie metodi opredeleniya urovnya kariesogennosti zubnogo nalyota s texnologiey Cariview» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 oktyabrdagi 8n-r/870 son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomani joriy qilish tish kariesini tashxislashni va kompleks davolashni optimallashtirish imkonini bergan;
tish kariesini bashorat qilish uchun miqdoriy nur flyuorossensiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini baholash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Effektivnost` ispol`zovaniya kolichestvennoy svetovoy flyuorossensii dlya prognozirovaniya kariesa zubov» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/875 son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomani joriy qilish miqdoriy nur flyuorossensiya texnologiyalaridan foydalanib, tish kariesini erta tashxislash imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahri Smart Super Stom MChJ, Toshkent shahar Star Stom XK amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/329-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etilishi bemorlarda karies jarayonini erta tashxislash hamda asoratlarning oldini olish, karies ko‘rsatkichini pasaytirish imkonini bergan.