Abduraximova Farangis Abduvaitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ilk bolalik davrida kariesning rivojlanish xavf omillarini o‘rganish va profilaktika usullarini ishlab chiqish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1223.
Ilmiy rahbar: Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kuz`mina Irina Nikolaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi), Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Vitten/Xerdekke universiteti (Germaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilk bolalik davridagi bolalar orasida kariesning xavfi va uning yuzaga kelish dinamikasini o‘rganish asosida karies profilaktikasi usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahri Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi ilk bolalik davridagi bolalarda kariesni keltirib chiqaruvchi xavf omillari (og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga amal qilmaslik, shakar iste’molining chastotasi, ftorli pastalar va ftorli preparatlardan foydalanmaslik, infeksion omillar) tahlil qilingan; 
ilk bolalik davridagi bolalarda tishlarning karies rezistentligini oshirish maqsadida ftorli tish pastalari va ftorlakdan foydalanish bilan bir qatorda ota-onalarning bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga amal qilishlari orqali tish karashlarining kariesogenlik darajasini pasayishiga erishish mumkinligi Cariview texnologiyasi yordamida isbotlangan;
ilk bolalik davridagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini amalga oshirish bo‘yicha ota-onalarga tushuntirilgan va amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya qilinadigan (“an’anaviy” usul-jag‘ modeli va tish cho‘tkasidan foydalanib, Qscan plus apparati va «Toothbrush tail» aqlli tish cho‘tkasini qo‘llab yoki qo‘llamasdan bajarilgan) usullarni solishtirish asosida eng samarali usul aniqlangan;
ilk bolalik davridagi bolalar orasida kariesni yuzaga keltiruvchi xavf omillarini aniqlash va birlamchi profilaktika o‘tkazish maqsadida Caries management kompyuter dasturi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilk bolalik davrida kariesning rivojlanish xavf omillarini o‘rganish va profilaktika usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ilk bolalik davrida kariesning rivojlanish xavf omillarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Effektivnost` ispol`zovaniya texnologii kolichestvennoy svetoindusirovannoy fluoressensii (QLF) dlya opredeleniya urovnya gigieni polosti rta” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 oktyabrdagi 8n-r /869-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomani joriy qilish bolalarda kariesni erta tashxislash imkonini bergan;
ilk bolalik davrida kariesning profilaktika usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida “Sovremennie metodi i sredstva profilaktiki rannego kariesa u detey” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 oktyabrdagi 8n-r/868-son ma’lumotnomasi.) Mazkur uslubiy tavsiyanomani joriy qilish bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatini yaxshilanishiga olib kelgan.
bolalarda kariesni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan ilmiy izlanish natijalari Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi ko‘p tarmoqli poliklinika hamda Toshkent shahridagi “Iroda” xususiy klinikasida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/328-son ma’lumotnomasi.). Olingan natijalarning tibbiyot amaliyotga tatbiq etilishi yosh bolalarda tish kariesining oldini olish va erta tashhislash hamda davolash orqali yuzaga keladigan asoratlarini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish