Yusupov Abdusamat Qo‘chqorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning genetik jihatdan boyitilgan seleksion ashyolarini yaratishda murakkab duragaylashning samaradorligi”, 06.01.05−Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx451.
Ilmiy rahbar: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Raxmonqulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli genotipga ega bo‘lgan o‘rta tolali g‘o‘za navlari ishtirokida yaratilgan oddiy va murakkab duragaylarda ayrim xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning irsiylanishi hamda o‘zgaruvchanligining qiyosiy samaradorligini o‘rganish asosida amaliy seleksiya jarayonida foydalanish uchun qimmatli belgilarning yuqori darajadagi ijobiy majmuasiga ega bo‘lgan boshlang‘ich ashyolarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli genetik asosga ega bo‘lgan g‘o‘za navlari ishtirokida yaratilgan oddiy va murakkab duragaylarning F1 avlodida asosiy xo‘jalik belgilarining dominantlik ko‘rsatkichlari boshlang‘ich ashyolarning genotipi hamda duragaylash uslublariga bog‘liq tarzda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
yaratilgan oddiy va murakkab F1 duragaylarida asosiy xo‘jalik uchun qimmatli belgilar bo‘yicha ijobiy oraliq hamda geterozis holatdagi irsiylanishi aniqlangan;
G‘2-G‘3 duragaylarida belgilarning variatsion tahlili o‘rganilgan aksariyat belgilar bo‘yicha ijobiy transgressiya yuz berishi hamda murakkab duragaylash uslubi qo‘llanilganda oddiy duragaylashga transgressiv rekombinantlarning ajralib chiqish imkoniyati nisbatan yuqori ekanligi tasdiqlangan;
oddiy duragaylarga nisbatan murakkab duragaylarning F3 avlodlarida tolaning asosiy texnologik ko‘rsatkichlari o‘rta va kuchli darajadagi ijobiy bog‘liklikka ega rekombinantlarni tanlash imkoniyati yuqoriligi isbotlangan;
xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasiga ega hamda genetik jihatdan boyitilgan genotiplarni yaratishda murakkab duragaylash uslubi oddiy duragaylashga nisbatan samarador ekanligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta tolali g‘o‘za navlari seleksiyasida oddiy va murakkab duragaylashning qiyosiy samarador-ligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tadqiqotlar natijasida g‘o‘za genofondi qimmatli xo‘jalik belgilar majmuasiga ega, tola sifati va chiqimi yuqori IV-tipga mansub, shu bilan birgalikda suv tanqisligiga chidamli va mashina terimi uchun mos bo‘lgan T-545-546/17 va T-1029-1030/17 tizmalari bilan boyitilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 02/020-4734-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu g‘o‘za tizmalaridan genetika va seleksiya sohasidagi nazariy hamda amaliy tadqiqotlarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanilmoqda;
analitik seleksiya uslubi orqali yaratilgan, tezpisharligi 110-112 kun, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,0-6,2 gr, tola chiqimi 36,0-37,0%, mikroneyri 4,4-4,6, tola uzunligi 1,31-1,32 dyuym, tola uzilish kuchi 34,5 gs/teks va xosildorligi 38,8 s/ga bo‘lgan g‘o‘zaning o‘rta tolali S-7305 navi Oqqo‘rg‘on tajriba stansiyasida 10 ga maydonga joriy etilib, birlamchi urug‘chiligi tashkil etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 02/020-4734-son ma’lumotnomasi). Natijada, andoza S-6524 naviga nisbatan 3 kunga tezpisharligi, tola chiqimi 1,8% ga va paxta hosildorligi 4,0-4,5 s/ga yuqoriligi tasdiqlangan;
o‘rta tolali S-7305 g‘o‘za navi 2020-2021 yilda Qishloq xo‘jalik ekinlarni navlarini sinash Markazining “Gruntnazorat” nav sinovida o‘rganilib, nav tozaligi 96% ni tashkil etgani uchun 2020 yildan Markazning turli tuproq-iqlim sharoitlarida joylashgan 29 ta nav sinash shahobchalarida sinovdan o‘tgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markazinmng 2022 yil 3-martdagi t-6/01-07-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos, tezpishar, hosildorligi va iqtisodiy samradorligi yuqori bo‘lgan nav sifatida urug‘lari ko‘paytirilmoqda.