Xomidjonov Abrorjon Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Anor po‘stlog‘i asosida xavfsiz astarlik charmi olishning oshlash texnologiyasini ishlab chiqish” 05.06.03– Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.PhD/T1188
Ilmiy rahbar: Shamsieva Maxbuba Badrievna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nodir Baxodirovich, texnika fanlari doktori, professor; Botabaev Nurjan Erkebaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: anor po‘stlog‘idan olingan oshlovchi moddani qo‘llab, gigienik talablarga javob beradigan astarlik charmni oshlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
mavjud oshlovchi moddalardan farqli bo‘lgan anor po‘stlog‘idan olingan oshlovchi moddani qo‘llab gigienik talablarga javob beradigan astarlik charmini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
anor po‘stlog‘idan oshlovchi ajratib olishda ekstraktor sifatida texnik spirtning qo‘llanilishi natijasida tannid chiqimining 36,8% dan 76,5 % ga oshishiga erishilgan;
oshlash jarayonida qo‘llaniladigan kimyoviy moddalarning charmning pishish haroratiga ta’siri aniqlanib, bunda xrom oshlovchi miqdori 2 % va tannidning miqdori 6 % bo‘lganda, pishish harorati 73,60 °S dan 98,85 °S gacha oshishi nazariy aniqlangan;
Xrom-tannid va tannid oshlovchi moddalar bilan oshlangan charmning elementar tarkibi aniqlanib, tannid bilan oshlangan charm tarkibida havfli moddalar saqlamasligi eksperimental tadqiqotlar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy anor po‘stlog‘i tannidi asosida olingan oshlovchi modda ishtirokida poyabzal uchun qo‘y terilaridan astarlik charmi olishning oshlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
oshlash jarayonida xrom oshlovchi o‘rniga anor po‘stlog‘i tannidini qo‘llash “GOLD LEATHER EXPORT IMPORT” MChJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan. («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2022 yil 7 iyundagi 07/1850-sonli ma’lumotnomasi). Natijada havfsiz astarlik charmining oshlash texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda mexanik xossalarining 11,4 % yaxshilanishiga erishilgan;
astarlik charmi ishlab chiqarishning oshlash jarayonida xrom-anor po‘stlog‘i tannidi usulida kombinatsiyalashgan oshlash texnologiyasi “ANGREN CHARM INVEST” MChJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2022 yil 7 iyundagi 07/1850-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xrom sarfi 50% ga kamaytirilib, 8% anor po‘stlog‘i tannididan foydalanilganligi hamda yog‘lovchi moddalarning kiritilishi hisobiga 5 MPa kuchlanishdagi uzayish - 11,86 % ga, oshlanganlik darajasini - 5 % ga oshirishga erishilgan.