Begmatov To‘lqin Isoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p bosqichli kinetika asosida birjinslimas suyuqliklarning g‘ovak muhitlarda sizishi gidrodinamik modellarini sonli tadqiq etish (Chislenniy analiz gidrodinamicheskix modeley fil`tratsii neodnorodnix jidkostey v poristix sredax na osnove mnogostupenchatoy kinetiki)».
01.02.05 – «Suyuqlik va gaz mexanikasi» (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3PhD/FM632.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xujayorov Baxtiyor, Samarqand davlat universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Akilov Jaxon: fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Xudaykulov Savet Ishonkulovich: texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘ovak muhitlarda turli tabiatli cho‘kmalar hosil bo‘lishi, cho‘kma hosil bo‘lish jarayonining ko‘p bosqichliligi va dinamik omillarni hisobga olib, bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklarning g‘ovak muhitlarda sizishi jarayonining matematik modellarini takomillashtirish, model parametrlarini identifikatsiyalash hamda sonli echishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklarning g‘ovak muhitlarda sizishi jarayonining matematik modeli g‘ovak muhitlarning ikki zonali tabiati va cho‘kma hosil bo‘lishi kinetikasining ko‘p bosqichliligini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklarning g‘ovak muhitlarda sizishida har ikki zonada “yuklanish” hodisasini hisobga olib matematik modeli takomillashtirilgan, hodisa ta’sirida sizish xususiyatlari turli xil o‘zgarish jadalligiga ega bo‘lgan ikkita zona hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan;
bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklarning g‘ovak muhitlarda sizishida dinamik omillar va cho‘kma hosil bo‘lish kinetikasi ko‘p bosqichliligini bir vaqtda hisobga olib sizish jarayonlari matematik modeli takomillashtirilgan;
takomillashtirilgan modellar parametrlarini kvazireal va real eksperiment ma’lumotlari asosida tiklash uchun samarali sonli algoritmlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘ovak muhitlarda birjinsli bo‘lmagan suyuqliklar sizishi jarayonlarining takomillashtirilgan modellari hamda hisoblash algoritmlariga asosida:
ko‘p bosqichli kinetika asosida bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklarning g‘ovak muhitlarda sizishi jarayonining takomillashtirilgan matematik modellari, ishlab chiqilgan hisoblash algoritmi va dinamik omillarni hisobga olgan holda suspenziya sizishi modellarini sonli tahlil qilish dasturlaridan Jizzax viloyati Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi Jizzax suv omborini suv bilan to‘ldirish jarayonida suv bilan birga oqib kirgan turli ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish maydonini baholash, shuningdek cho‘kindi konsentratsiyasining oqib kirgan loyqa miqdoriga va bosim gradientiga o‘zaro bog‘liqligini aniqlash maqsadida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 fevraldagi № 03-27-423-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi suv omboriga oqib kirgan turli ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish maydonini va hosil bo‘ladigan cho‘kindi miqdorini aniqlashdagi muhandislik ishlarida hisoblash eksperimentlari o‘tkazish va natijalarni vizuallashtirish hamda hisoblashlarni amalga oshirish uchun ketadigan vaqtni 20% ga, mehnat sarfining 30% ga qisqartirish imkonini bergan; 
ko‘p bosqichli kinetika asosida bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklarning g‘ovak muhitlarda sizishi jarayonini ifodalovchi differensial tenglamalar uchun qo‘yilgan boshlang‘ich-chegaraviy masalani sonli echish algoritmi va dasturiy ta’minoti 01-01-17-1921FR raqamli (New method of solution of pursuit and evasion differential games with many pursuers on manifolds with Euclidean metric) xorijiy ilmiy-tadqiqot fundamental granti doirasida differensial o‘yinlar masalalarini echish, echimninng mavjud va yagonaligini aniqlash maqsadida joriy etilgan (Malayziya, Putra universiteti, 2022 yil 5 fevraldagi ma’lumotnoma). Natijada diffirensial tenglamalar sistemasi uchun qo‘yilgan boshlang‘i va chegaraviy masalalarni echishning sonli algoritmi va dasturiy ta’minotidan fiydalanish uch o‘yinchi mavjud bo‘lgan chiziqli differensial o‘yining echimlarini olish va natijalarni grafiklar shaklida viziualizatsiya qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish