Nurmamatova Rahima Rahmanovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarining portlash xavfini kamaytirishni nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi va 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi ixtisosliklari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc.T530. 
ilmiy rahbar: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 
huzuridagi PhD 40/30.12.2020.T.129.01 Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Toshov Javoxir Burievich – texnika fanlari doktori (DSc), professor, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Energetika fakul`teti dekani; Beknazarov Xasan Soyibnazarovich – texnika fanlari doktori (DSc), professor, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi; Murtazaev Quvondiq Mustafaevich – texnika fanlari doktori (DSc), O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi  Akademiyasi kafedra boshlig‘i v.b.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq portlash xavfini kamaytirish, uning nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish, chang portlashining oldini olish va insonlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar va tavsiyalar berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida sodir bo‘ladigan portlashlarga nafaqat portlashga moyil changlar, balki yonish jarayoni qiyin kechadigan moddalarning changlari sabab bo‘lishini salbiy omillari aniqlangan; 
iqtisodiyot tarmoqlarida portlash xavfining asosiylari; elektr qurilmalarining ishlashi bilan bog‘liq uchqun paydo bo‘lishi, jarayonning buzilishi sababli, yuzaga kelgan ortiqcha bosimda portlovchi moddaning maksimal konsentratsiyasidan oshib ketishi evaziga portlash sodir bo‘lishining amaliy va nazariy jihatlari  aniqlanishiga erishilgan; 
sanoat korxonalari texnologik jarayonlaridagi portlosh xavfini keltirib chiqaruvchi omillarning asosiy elementlari aniqlangan bo‘lib, yong‘in va xavfsizlik texnik vositalari, xavfli hududlarga o‘rnatilgan har qanday elektr jihozlari maxsus portlashdan himoyalangan dizaynda amalga oshirilishini ta’minlash borasida ilmiy asoslangan natijalar olinishiga erishilgan; 
sanoat ishlab chiqarish sohasiga oid deyarli barcha normativ-huquqiy hujjatlarda portlash xavfi bo‘lgan xona toifasining ko‘rsatkichi, faqat  ga teng bo‘lgan tartibga soluvchi qiymat bilan alangalanishning quyi chegara konsentratsiyasi, deb qabul qilinganligi barcha changlar portlashi uchun to‘g‘ri kelmasligi, moddalarning changgi har xil alangalanishning qo‘yi chegara konsentratsiyasida va har xil haroratda portlash xavfi aniqlangan;
portlash xavfsizligini ta’minlash uchun vaziyatni oldindan tahlil qilishning zarur choralari, ishlab chiqarish jarayonida chang chiqishi bilan bog‘liq xatarlar, changning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlarini tahlil qilish asosida portlash xavfini kamaytirish usullari ishlab chiqilgan. Taklif etilgan xavfsizlik usullarni takomillashtirish tufayli, portlash va insonlarning jarohatlanish ehtimolini 29-33% gacha kamaytirish mumkinligi ilmiy jihatdan isbotlangan:
portlash va yong‘in xavfi bo‘yicha ishlab chiqarish toifasi, oddiy texnologik rejimda portlovchi moddalarning xona hajmiga kirish ehtimoli,  davomiyligi va intensivligi bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni asosiy omillarida chang-havo aralashmasining ishtirok etishi aniqlangan bo‘lib, ularni zararsizlantirish va har bir texnologik tizimlar uchun portlash xavfini maksimal kamaytirish usullari takomillashtirilishiga erishilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish jarayonining portlash xavfini kamaytirishni nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida;
 portlashga sabab bo‘luvchi bir-biriga bog‘liq omillarni hisoblash va ilmiy asoslangan tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorat osti ob’ektlarida (O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 27 maydagi 04/620-sonli ma’lumotnomasi), jumladan, Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasida (Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2022 yil 20 maydagi ma’lumotnomasi) va  “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ XK Qarshi hududiy ishlab chiqarish korxonasida (“Sanoat Energetika Guruhi” MChJ XK Qarshi hududiy ishlab chiqarish korxonasining 2022 yil 10 maydagi dalolatnomasi) joriy etilgan;
 chang portlashi bilan bog‘liq xavflarni, portlashga xavfli toifalarni aniqlash usuli O‘zbekneftegaz” AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodida joriy etildi (O‘zbekneftegaz AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2022 yil 9 iyundagi №8-2/FX-1573-sonli dalolatnomasi). Natijada ETK «B» toifaga kiritilgandagi va «B» toifasini bosib chiqarish uchun ketgan harajatlar hisoblangan;
korxonalarda sodir bo‘lgan portlashlar nafaqat portlashga moyil changlar tufayli, balki yonish jarayoni qiyin kechadigan moddalarning (un, kraxmal,  yog‘och va metallga ishlov berish)   changlari ham sabab bo‘lishi aniqlangan bo‘lib,  natijalar Qarshi mebel` ishlab chiqarish MChJda (Qarshi mebel` ishlab chiqarish MChJning 2022 yil 13 maydagi dalolatnomasi) joriy etilgan. Taklif etilgan xavfsizlik tadbirlari va tavsiyalar me’yoriy hujjatlarga to‘liq mos keladi va jarohatlanishlar ehtimolini 29-33 % gacha kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish