Zayniddinov Bobirjon G‘ofirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ma’lumotlar aniq bo‘lmagan sharoitda suv ombori segmentli zatvorini masofadan boshqarish tizimi», 05.01.08-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T1001.
Ilmiy rahbar: Mamirov Uktam Farxodavich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Shukurova Oysara Pulatovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ma’lumotlar aniq bo‘lmagan sharoitda suv omborining segmentli zatvorini masofadan boshqarish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv omborining matematik modeli, mavjudlaridan farqli ravishda, avtonom suv chiqarish qurilmalari asosida suvning yig‘ilish xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
dastlabki ma’lumotlarning noravshanligi sharoitida suv omboridagi suv sathi va sarfini, nazorat tizimining barqaror ishlashini ta’minlash imkoni mavjudligi bilan ma’lumlaridan farqlanuvchi, masofadan nazorat qilish tizimi ishlab chiqilgan;
ob’ekt haqida to‘liq bo‘lmagan bilim va noravshan tavsiflar sharoitida samarasiz boshqaruvdagi yo‘qotishlarni kamaytirishga imkon beruvchi noravshan mantiqiy-lingvistik PID-rostlagich sintez qilingan;
genetik algoritmlardan foydalanib, g‘alayonlar sharoitida ishlovchi masofaviy boshqaruv tizimining noravshan-mantiqiy kontrollerini sozlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noravshan ma’lumotlar sharoitida suv ombori segmentli zatvorini masofadan boshqarish tizimini sintezlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv omboridagi suv sathi va sarfini masofadan nazorat qilish tizimi “Xisorak” suv omborida va “Oksuv” Irrigatsiya tarmog‘i boshqaruvi AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi Vazirligining 2020 yil 11 yanvardagi 02/25-112-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan algoritmlar dastlabki ma’lumotlarning noravshanligi sharoitida nazorat tizimining barqaror ishlashini ta’minlash imkonini bergan;
genetik algoritmlardan foydalanib, g‘alayonlar sharoitida ishlovchi masofaviy boshqaruv tizimining noravshan-mantiqiy kontrollerni sozlash algoritmi “Xisorak” suv omborida va “Oksuv” Irrigatsiya tarmog‘i boshqaruvi AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi Vazirligining 2020 yil 11 yanvardagi 02/25-112-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan algoritmlar noravshan ma’lumotlar sharoitida suv obmoridagi suv sathi va sarfini nazorat qilish va boshqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish