Turaev Xurshid Salim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarining elementlari va tarkibiy qismlarining ishonchliligini oshirish usullari va algoritmlari», 05.01.06 - «Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1570
Ilmiy raxbar: Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Aliev Ravshan Maratovich, texnika fanlari doktori, professor; Sattarov Xurshid Abdishukurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab dinamik ob’ektlarning boshqarish tizimlari elementlari va qurilmalari ishonchliligi va buzilishlarga bardoshliligini oshirishni samarali usullari va vositalaridan foydalangan holda sifat va ekspluatatsion-texnik tavsiflarni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontrollerning asosiy elementlari ishdan chiqadigan holatlarda sirg‘aluvchi zahirali ulashdan foydalanib, boshqarish tizimlarining nosoz modullarini aniqlashga imkon beruvchi, boshqarish tizimi ishonchliligini oshirish usuli ishlab chiqilgan;
boshqarish ob’ektining matrisali uzatish funksiyalaridan foydalanib, boshqarish tizimining buzilishlarsiz ishlashini ta’minlaydigan zaxirali PID-rostlagichli sintezlash algoritmi ishlab chiqilgan;
turli taqsimlanish qonunlari asosida boshqarish tizimi elementlari va tugunlarini buzilishlarsiz ishlash vaqtini bashorat qilishga imkon beradigan, avtomatik boshqarish tizimining ishonchliligini matematik ifodasi olingan;
matematik model asosida, boshqarish tizimi elementlari tashxislash va nazorat qilishni amalga oshirish imkonini beruvchi, boshqarish tizimini texnik diagnostika qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
murakkab ob’ektlarni matrisali uzatish funsiyalaridan foydalanib, zaxirali PID rostlagichlarni sintezlash hamda matematik model` asosida boshqarish tizimini texnik diagnostika qilish algoritmlari «SAYXUN GOLD OIL» MChJ da joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoatuyushmasi» ning 2022 yil 24 avgustdagi NM/3-707-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashxislash modellari, tashxislash usullari va algoritmlarini amalga oshirish hamda dasturiy-mantiqiy kontrollerlar va rostlagichlar ishonchliligini oshirish hisobiga murakkab texnologik ob’ektlarni boshqarish tizimlarining elementlari va qurilmalarining texnik holati to‘g‘risidagi axborotlarni tezkor yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va uzatishni amalga oshirish imkonini bergan.
murakkab kimyoviy-texnologik jarayonlar va berilgan ishonchlilik darajasiga ega tizimlar uchun buzilishlarga bardoshli boshqarish tizimlarini strukturaviy-parametrik tahlil va sintezlash natijalari «SAYXUN GOL DOIL» MChJda joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoatuyushmasi» ning 2022 yil 24 avgustdagi NM/3-707-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish aprobatsiyasi va sinovlaridan elementlari va tugunlarini ishonchli tahlil va sintez qilish, shu bilan birga turli buzilishlarga bardoshli avtomatlashtirish boshqarish tizimlarini ishonchliligini barqarorlashtirish imkonini bergan.