Nasirdinov Mavlonjon Ziyomiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Temir tanqislik kamqonligi bo‘lgan o‘quvchilarni mahalliy o‘simlik mahsulotlari bilan davolash samaradorligini optimallashtirish», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2425.
Ilmiy rahbar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti PhD.04/30.2.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Xashirbaeva Dinara Makkambaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Axmadalieva Nigora Odilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktab o‘quvchilarning orasida temir tanqislik kamqonlik kasalligini mahalliy o‘simlik mahsulotlari yordamida davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘riklar asosida ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan temir tanqislik kamqonlik kasaligini tarqalashi, rivojlanish xususiyatlari gigienik jihatdan asoslangan;
kamqonlik kasalligini tajriba hayvonlaridagi modelida mahalliy oqsil saqlovchi mahsulotlardan no‘xat, mosh va loviya orqali davolash samardorligi baholanib, moshning samaradorligini yuqoriligi asoslangan;
maktab o‘quvchilar kunlik ratsionini asosiy oziqa mahsulotlari bilan boyitish hisobiga no‘xat, loviya, moshli tamolarning yangi resepturasi asoslangan;
maktab o‘quvchilari ovqatlanish ratsionini son va sifat ko‘rsatkichni o‘zgarishini oldini olishga qaratilgan kunlik ratsion tarkibini yaxshilashga qaratilgan gigienik tavsiyalar takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir tanqislik kamqonligi bo‘lgan o‘quvchilarni mahalliy o‘simlik mahsulotlari bilan davolash samaradorligini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
temir tanqislik kamqonlik kasalligi chaqirilgan tajriba hayvonlarini mahalliy mahsulotlar bilan davolashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Kamqonlik kasalligini tajriba hayvonlaridagi modelida mahalliy oqsil saqlovchi mahsulotlar yordamida davolash samardorligini baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 sentyabrdagi 8n-d/498-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada temir tanqislik kamqonlik kasalligini bilan xastlangan bolalar va o‘smirlar orasida kamqonlik kasalligini oldini olish maqsadida mahalliy mahsulotlarda no‘xot, mosh va loviyaning ijobiy natijalari baholash orqali nutirientiv etishmasligini oldini olish orqali o‘quvchilarning kunlik ratsionni yaxshilash imkonini bergan;
temir tanqislik kamqonligi bo‘lgan o‘quvchilarni mahalliy o‘simlik mahsulotlari bilan davolash samaradorligini optimallashtirishni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Buxoro va Andijon davlat tibbiyot institutlarning fundamental tadqiqotlari ilmiy laboratoriyalarning amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 oktyabrdagi 08–32758–son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi temir tanqislik kamqonlik kasalligi bilan xastlangan maktab o‘quvchilari orasida sifatli ovqatlanishini tashkil etish, salomatlik holatini mustahkamlash bo‘yicha tizimli profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlarini yo‘lga qo‘yish, mikroelementlarning etishmasligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar rivojlanishini erta oldini olish hamda o‘z vaqtida baholash ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini bergan.