Abbasov Aziz Kabilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligining shakllanishi va rivojlanishida R-selektinning roli», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1649.
Ilmiy rahbar: Rasulova Xurshidaxon Abduborievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori; Jabbarov Azim Ataxanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda R-selektinni klinik, diagnostik va prognostik qiymatini, hamda kasallik biokimyoviy va asbobiy tekshiruv natijalari orasidagi bog‘liqlikni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi bilan kasallangan bemorlarda R-selektin konsentratsiyasi yuqoriligi urunkali buyrak kasalligi bosqichiga bog‘liq bo‘lib, KFT (45 ml/min/1,73m2) kamayishi bilan R-selektin miqdori sezilarli darajada pasayishi, ayniqsa, qon tomir aterosklerozi belgilari bor bemorlarda surunkali buyrak kasalligining C3b-C5 bosqichlarida ishonchlilik darajasi yuqoriligi aniqlangan;
ilk bor bemorlarning yoshi bilan R-selektin miqdori orasida bog‘liqlik aniqlandi, bemorlarning yoshi katta bo‘lgani sayin R-selektinning miqdori kamayib borishi qayd etildi bu yosh bemorlarda R-selektin miqdori past bo‘lganda kasallik asoratlari ko‘payib borishi asoslangan;
surunkali buyrak kasalligida umumiy xolesterin va R-selektin darajasi bilan bog‘liqlik 2 guruh C2 (r=0,47; r˂0,05) oshganligi, 5 va 6 guruhlarda esa aksincha pasayishi hamda ular orasida uzviy manfiy bog‘lanish (r=-0,54; r˃0,05 r=-0,64; r˂0,01) aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligining qon tomir aterosklerozi bo‘lgan bemorlarda gipertrigliseridemiya mavjudligi R-selektin ishlab chiqarishni kamaytirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligini tashxislash va prognozlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali buyrak kasalligida bemorlarni klinik-anamnestik, laborator-asbobiy usullardan foydalangan holda olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-z/29-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash, kasallikning kechishini bashorat qilish, asoratlarini o‘z vaqtida muqobil oldini olish va davolash choralarining samaradorligini oshirishga imkon bergan;
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda R-selektin miqdori bilan birgalikda klinik-asbobiy tashxislash usullarining prognostik qiymatini baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 08-28467-son ma’lumotnomasi). Olib borilgan tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etilishi surunkali buyrak kasalligi erta tashxislash, kasallik kechishini bashorat qilish, asoratlarni aniqlash, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.