Temirova Nazokat Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta postnatal ontogenezda qalqonsimon bezning ul`tratovush anatomiyasi va morfometrik xususiyatlari », 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1131.
Ilmiy rahbar: Teshaev  Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01 
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erta postnatal ontogenezda qalqonsimon bez ul`tratovush anatomiyasining morfometrik xususiyatlari, tana qismlari, jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlari va ularning yoshga oid bog‘liqligini o‘rganishdan iborat.  .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqaloqlikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ul`tratovush tekshiruvi yordamida qalqonsimon bezi morfometrik ko‘rsatkichlari jins va yoshlar kesimida “me’yor” tushunchasi nuqtai nazaridan o‘zaro solishtirma tahliliy natijalar aniqlangan;
yosh va jins taqsimoti hisobga olingan holda bolalarda qalqonsimon bezning eng kam o‘sish sur’ati bolalikning chaqaloqlik davriga va eng ko‘p o‘sish sur’ati bolalikning ikkinchi davriga to‘g‘ri kelishi asoslangan; 
qalqonsimon bez organometrik ko‘rsatkichlari va bolalarning jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlari orasida to‘g‘ri –kuchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
bolalar uchun gender xususiyatlariga muvofiq ul`tratovush tekshiruvi asosida chaqaloqlikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qalqonsimon bezning uzunligi, kengligi, qalinligi va hajmi kabi ko‘rsatkichlarini baholash jadvallari ishlab chiqilgan;
bolalikning chaqaloqlik davridan boshlab 12 yoshgacha bo‘lgan davrdagi bolalar qalqonsimon bezi o‘ng va chap bo‘laklari morfometrik ko‘rsatkichlari alohida olingan holda va tana qismlari antropometrik ko‘rsatkichlari yilma-yil va yoshlik davrlariga bo‘lingan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qalqonsimon bezni ul`tratovushli organometrik o‘lchamlari va bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi tug‘ilgan chaqaloqdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalarda qalqonsimon bez ul`tratovush tekshiruvi asosida o‘zgarishlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida “Bolalarda qalqonsimon bezning organometrik o‘zgarishlarini aniqlash metodikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 dekabrdagi 8n-r/1294-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanoma yangi tug‘ilgan chaqaloqdan 12 yoshgacha bo‘lgan qiz va o‘g‘il bolalarda qalqonsimon bezning organometrik o‘lchamlarini baholash samaradorligini oshirishga imkon bergan. 
bolalarda qalqonsimon bezning organometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotga, jumladan, Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi va Jondor tuman tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq qilingan, (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 8n-z/50-son xulosasi). Olingan natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bolalarda qalqonsimon bez morfometrik ko‘rsatkichlarining yoshga oid o‘zgarishini erta aniqlash, nogironlikni oldini olish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish