Raximov Zokir Qayimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pastki jag‘ sinishlarida yallig‘lanish asoratlarini tashhislash va kompleks patogenetik davolash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1 DSc/Tib519.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Sharif Yuldashevich, tibbiyot fanlar doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kabanova Arina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Belorusiya Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: S. D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pastki  jag‘ sinishining yallig‘lanishli asoratlarini tashxislash va kompleks patogenetik davolash chora-tadbirlarni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan bemorlarda rivojlangan yiringli yallig‘lanish asoratlarining uchrash darajasi ishonarli ravishda 1,9% ga ortganligi aniqlangan, pastki jag‘ sinishlari asoratlari rivojlanishida gramm musbat kokklardan Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus spp, Peptostreptococcus spp. larning me’yor chegaralaridan ishonarli darajada miqdoriy ko‘payishi kuzatilgani, kasallik davomiyligi oshishishi bilan mikroflora almashishi kuchayishi, bu esa kasallik asorati istiqbolining noxush bo‘lishiga olib kelishi isbotlangan;
pastki jag‘ sinishlari asoratlari rivojlanishida mahalliy immunietet omillarining, jumladan lizotsim, neytrofillar fagotsitar faolligi, sIgA larning o‘rni ko‘rsatilgan, hamda ular konsentratsiyasi pasayishi, patogen mikroorganizmlar ko‘payishi va asoratlar istiqboli noxush bo‘lishining asosiy sababchisi ekanligi isbotlangan.Turli mikrofloralar bilan suyak jarohatining zararlanish sindromida infeksion yallig‘lanish asoratlari rivojlanishining patogenetik asosi isbotlandi;
pastki jag‘ sinishlari  uchun tavsiya etilgan  kompleks davolash choralari  kasallik asorati shakllanishi va rivojlanishini keskin  kamaytirish, davolanish muddatini 3 kungacha qisqartirish, suyak to‘qimasi regeneratsiyasini to‘liq tiklash imkonini berganligi isbotlangan; 
pastki jag‘ sinishlari asoratlarini davolashda serrata, sekstofag, azitromisin va florbiolakt preparatlarini kompleks qo‘llashning yuqori klinik, immuno-mikrobiologik samaradorligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Olingan ilmiy natijalarga ko‘ra, pastki jag‘ sinishi va yiringli yallig‘lanish asoratlarni tashxislash va kompleks patogenetik davolash bo‘yicha:
pastki jag‘ sinishlari asoratlarini erta tashxislash va ularning oldini olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Parodont kasalliklarida pastki jag‘ning miniplastinkalar bilan osteosintezlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 maydagi 8n-r/445-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma pastki jag‘ sinishlarida  titan miniplastikalar bilan osteosintez qilish yo‘li orqali sinishining yiringli yallig‘lanish asoratlarini  kamaytirish usulini joriy etish imkonini bergan;
tadqiqot natijalari asosida pastki jag‘ sinishlari asoratlarini davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Pastki jag‘ sinishi yallig‘lanish asoratlarining patogenetik davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 27 maydagi 8 n-r/447-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma pastki jag‘ sinishlari yiringli asoratlarini oldini olish va davolashni takomillashtirish orqali uning samaradorligini oshirish imkonini bergan;
pastki jag‘ sinishining yiringli yallig‘lanish asoratlarini davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Pastki jag‘ sinishining yiringli yallig‘lanish asoratlarini davolash va tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 27 maydagi 8 n-r/446-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma davolash xarajatlarini kamaytirish, statsionar davolanish muddatini qisqartirish, nogironlikni kamaytirish orqali, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon bergan;
olingan ilmiy natijalar asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyati Vobkent tuman stomatologik poliklinikasi, Qashqadaryo viloyati Koson tuman stomatologik poliklinikasi davlat unitar muassasasi, Navoiy shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot poliklinikasi, Navoiy TSB – NKMK amaliyotiga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 27 maydagi 8 n-d/197-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilingan natijalar  pastki jag‘ sinishining yiringli yallig‘lanish asoratlarini kompleks patogenetik davolash sifatini oshirish imonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish