Amanturdiev Ikrom G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za seleksiyasida gossipol miqdori va shakllarining ko‘sak qurti bilan zararlanish darajasiga ta’siri», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx4.
Ilmiy rahbar: Namazov Shadman Ergashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Nabiev Saidg‘ani Muxtorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chigit tarkibida gossipol miqdori va shakllari turlicha bo‘lgan g‘o‘za navlari va namunalari ishtirokida olingan duragaylarda ko‘sak qurtiga bardoshlilikni aniqlash asosida chigitida (+)-gossipol miqdori yuqori va nisbatan ko‘sak qurtiga tabiiy bardoshli yangi boshlang‘ich ashyolar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor chigitidagi umumiy va (+)-gossipol miqdori har xil bo‘lgan ekologo-geografik uzoq g‘o‘za nav-namunalarini duragaylashdan olingan turli avlod duragaylarining ko‘sak qurtiga (Helicoverpa armigera) bardoshlilikning irsiylanishi va shakllanishi aniqlangan;
g‘o‘zaning xorijiy namunalari va ayrim mahalliy navlari ishtirokida olingan duragaylarning turli avlodlarida chigiti tarkibidagi umumiy va (+)-gossipol miqdorining ko‘sak qurti bilan zararlanish darajasiga ta’siri orasidagi o‘zaro korrelyativ bog‘liqliklar aniqlangan;
chigiti tarkibida yuqori va past (+)-gossipolga ega yuqori avlod duragaylarida (+)-gossipol miqdorining barqarorlashuvi hamda ko‘sak qurtiga bardoshlilik xususiyatining ijobiy shakllanishi isbotlangan;
genetik-seleksion tadqiqotlarda qo‘llash uchun yuqori avlod duragaylari ichidan chigitida (+)-gossipol miqdori turlicha biroq, nisbatan ko‘sak qurtiga bardoshli donorlar ajratib olish ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za seleksiyasida gossipol miqdori va shakllarining ko‘sak qurti bilan zararlanish darajasiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
«G‘o‘za navlarini ko‘sak qurti kapalagiga qarshi chidamliligini baholash usuli» uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti olingan (IAP 04601) (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 13 dekabrdagi 02/20-630-son ma’lumotnomasi). G‘o‘za seleksiyasi jarayonida uslub sifatida foydalanish uchun xizmat qilmoqda;
ekologo-geografik va genetik uzoq duragaylash asosida yuqori mahsuldor, tezpishar, tola chiqimi yuqori, hosil berish sur’ati yuqori hamda chigiti tarkibida (+)-gossipol miqdori yuqori bo‘lgan «S-7301» navi yaratilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining 2017 yil 27 noyabrdagi 53/4-508-son ma’lumotnomasi). Natijada dastlabki urug‘lik chigit ko‘paytirish xo‘jaliklarida nav bo‘yicha gektaridan 4–5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan va rentabellik darajasi 20–25 foizga oshishiga erishilgan.