Azimova Sevara Baxodirovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbeklarda surunkali HCV-infeksiyasi patogenezining molekulyar-genetik jihatlari va kechishini bashoratlashda tutgan o‘rni», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya va 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib163.

Ilmiy maslahatchilar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zakirxodjaev Sherzod Yax’yaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Rustamova Mamlakat Tulabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saidov Saidamir Abrorovich, tibbiyot fanlari doktori; Xalikov Pulat Xujamkulovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: FDAOTTM I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli S gepatitni sitokinlar va ksenobiotiklar biotransformatsiyasi uchun ma’sul genlar polimorfizmining prognostik ahamiyatini o‘rgangan holda o‘zbek populyasiyasi nomoyandalarida klinik kechishining molekulyar mexanizmlarni  takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

surunkali S gepatit va jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda 308G>A TNF-α, 49A>G CTLA-4 hamda 164A>S CYP1A2, 9896S>G CYP2E1, 430S>T CYP2C9*2, 1075A>C CYP2C9*3  va 392A>G CYP3A4 genlarni polimorfizmi asoslangan va kasallik patogenezida ularni o‘rni aniqlangan;

o‘zbek millatiga mansub kishilar orasida R450 sitoxromining izofermentlari va sitokin genotiplari va allellari tarqalishi hamda sog‘lom kishilarga nisbatan tarqalganligidagi farq xususiyatlari isbotlangan;

surunkali S gepatitning kechishini ifodalab beruvchi sitoliz, xolestaz va yallig‘lanish sindromlar ko‘rsatkichlarning o‘rganilayotgan genlar polimorfizmi bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligi isbotlangan;

surunkali virusli S gepatitning jigar sirroziga aylanishida o‘rganilgan genlar allel variantlari assotsiatsiyasining egallagan o‘rni ko‘rsatib berilgan, buni esa o‘z navbatida, SVGS kasallangan kishilarda og‘ir rivojlanib kechishiga bo‘lgan xavf guruhlar ajratish istiqbollash kriteriylarini ishlab chiqishda qo‘llash mumkin. SVGS kechishi va jigar sirrozi rivojlanishi xavfini baholab beruvchi genetik profilni aniqlab berish, bemorlarni davolash taktikasini belgilashda yordam beradi. Assotsiatsiyalarni aniqlash SVGS rivojlanishi patogenetik mexanizmlari tushuncha doirasida isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek aholisida surunkali HCV-infeksiyasi patogenezining molekulyar-genetik jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«O‘zbek populyasiyasida virusli S gepatit patogenetik rivojlanishida genetik omillarning o‘rni» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 noyabrdagi 8n-d/55-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek millatiga mansub shaxslarning virusli gepatit bilan kasallanishini tashxislashning patogenetik mexanizmlarini va genetik omillarini aniqlashda biokimyoviy markerlar TNF-α, CTLA-4 hamda R450 sitoxromning CYP1A2, CYP2E1, CYP2C9, CYP3A4 polimorf markerlarining allel variantlarini aniqlash imkonini bergan;

o‘zbek aholisida surunkali HCV-infeksiyasi patogenezining molekulyar-genetik jihatlari va kechishini bashoratlashdagi o‘rni bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy tadqiqot laboratoriyasiga, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi hamda Gematologiya va qon quyish instituti klinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 dekabrdagi 8n-z/55-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqotlarning klinik amaliyotga joriy qilinishi o‘zbek aholisida surunkali HCV-infeksiyasi patogenezining molekulyar-genetik jihatlarini erta tashxislash va davolash samaradorligini oshiradi, bemorlarni shifoxonada bo‘lish vaqtini qisqartirish, kasallik asoratlarini 47%ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish