Axmedov Sanjar Bektemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asaridagi temuriylar davri ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar tahlili, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar793.
Ilmiy rahbar: Rahmonqulova Zumrad Boyxo‘rozovna, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Bobobekov Haydarbek Nazirbekovich, tarix fanlari doktori, professor; Fayziev Xurshid Turg‘unovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn asaridagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy jarayonlarga oid ma’lumotlarning manbaviy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asarining nomidagi ikki saodatli yulduz – ikki muallif, Hofizu Abru va Abdurazzoq Samarqandiy, ikki dengiz – ikki asar, “Zubdat ut-tavorix” va “Matlai sa’dayn” asariga yashirin ishora ekanligi aniqlangan;
bunyodkorlik ishlarida xorijiy ilg‘or tajriba va milliy ma’naviy qadriyatlar chambarchas bog‘liq ravishda olib borilganligi, qurilishda avval mudofaa, keyinchalik ijtimoiy binolar qurilishi tendensiyasi amal qilganligi, diplomatik munosabatlarning asosiy maqsadi, savdo-sotiq va hamkorlik bo‘libgina qolmay, balki ilmiy va madaniy almashinuvlar, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot bo‘lganligi dalillangan;
islom dini va fiqhi bo‘yicha etuk bilimdon bo‘lgan Shohrux Mirzo va uning farzandlari marhum aziz avliyolar va ulamolarning qabrlari atrofini obodonlashtirish, maqbaralar qurish, qabrlarni ziyorat qilish, ularning ruhoniyatlari hurmatidan vasila qilish ishlarini odatiy amallardan hisoblashganligi, aniq fanlar bo‘yicha Samarqand, gumanitar fanlar va san’at sohasida Hirot markaziy o‘rinlarni egallaganligi, aniq va tabiiy fanlar rivojiga nafaqat Ulug‘bek Mirzo, balki boshqa temuriy shahzodalar ham o‘z hissasini qo‘shib, bu fanlar bo‘yicha kichik bo‘lsa-da izlanishlar olib borganliklari isbotlangan;
temuriylar saltanatida boshlang‘ich maktab, madrasa va madrasayi oliyadan tashqari hozirda dunyoda mavjud ta’limning zamonaviy doktorantura bosqichi analogi mavjud bo‘lganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asaridagi temuriylar davri ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temuriylar saltanatida boshlang‘ich maktab, madarasa va madrasayi oliyadan tashqari hozirda dunyoda mavjud ta’limning zamonaviy doktorantura bosqichi analogi mavjud bo‘lganligi asoslanganligi hamda “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asarining nomidagi ikki saodatli yulduz – ikki muallif, Hofizu Abru va Abdurazzoq Samarqandiy, ikki dengiz – ikki asar, “Zubdat ut-tavorix” va “Matlai sa’dayn” asariga yashirin ishora ekanligi asoslanganligi xususidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanalining 2021 yil 2 mart kuni efirga uzatilgan “Taqdimot” hamda mazkur kanalning 2021 yil 12 mayda efirga uzatilgan “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvining Abdurazzoq Samarqandiy hayotiga bag‘ishlangan soni ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 11 martdagi 02-40-352-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda Abdurazzoq Samarqandiyning hayoti va “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asariga oid tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
islom dini va fiqhi bo‘yicha etuk bilimdon bo‘lgan Shohrux Mirzo va uning farzandlari marhum aziz avliyolar va ulamolarning qabrlari atrofini obodonlashtirish, maqbaralar qurish, qabrlarni ziyorat qilish, ularning ruhoniyatlari hurmatidan vasila qilish ishlarini odatiy amallardan hisoblashganligi, aniq fanlar bo‘yicha Samarqand, gumanitar fanlar va san’at sohasida Hirot markaziy o‘rinlarni egallaganligi dalillanib, aniq va tabiiy fanlar rivojiga nafaqat Ulug‘bek Mirzo, balki boshqa temuriy shahzodalar Boysung‘ur Mirzo, Abulqosim Bobur, Abdulatif kabilar ham o‘z hissasini qo‘shishganligi va bu fanlar bo‘yicha kichik bo‘lsa-da izlanishlar olib borganliklari isbotlanganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining tegishli chora-tadbirlaridagi “Yurtim tarixini o‘rganaman” loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 25 martdagi 4-09-23-714-son dalolatnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanilishi o‘tkaziladigan tadbirlarning mazmunan boy bo‘lishi va yoshlarda buyuk ajdodlarimiz amalga oshirgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqidagi bilimlarini oshirishda muhim omil vazifasini o‘tagan;
bunyodkorlik ishlarida xorijiy ilg‘or tajriba va milliy ma’naviy qadriyatlar chambarchas bog‘liq ravishda olib borilganligi, qurilishda avval mudofaa, keyinchalik ijtimoiy binolar qurilishi tendensiyasi amal qilganligi, diplomatik munosabatlarning asosiy maqsadi, savdo-sotiq va hamkorlik bo‘libgina qolmay, balki ilmiy va madaniy almashinuvlar, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot bo‘lganligi dalillanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ustuvor yo‘l xaritalari, dasturlari, targ‘ibot tadbirlari va boshqa amaliy yo‘nalishlarida foydalanish uchun qabul qilingan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 13 iyundagi 02/10/1044-son dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi milliy ma’naviyatimizning ma’no-mohiyati, ildizlari, noyob va betakror namunalari, uning bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan izchil, ta’sirli va zamonaviy usul va vositalardan foydalangan holda ilmiy tadqiqot va targ‘ibot ishlarini olib borishda manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgan.
diplomatik munosabatlarning asosiy maqsadi, savdo-sotiq va hamkorlik bo‘libgina qolmay, balki ilmiy va madaniy almashinuvlar, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot bo‘lganligi dalillanganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangiliklar Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasining reja asosida tashkil etilgan tadbirlarida foydalanilgan (Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasining 2022 yil 17 iyundagi 02-02/513-son dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi qo‘mitaning ustuvor yo‘l xaritalari, dasturlari, targ‘ibot tadbirlari va boshqa amaliy yo‘nalishlarining ilmiyligini hamda tarixiy asosliligini oshirishga xizmat qilgan.