Raxmatova Dilnora Saidjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aerodent” moslamasidan foydalangan holda bolalarda tish kariesi profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1732.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Asfandiyorova nomidagi Qozog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Aerodent” moslamasidan foydalangan holda bolalarda tishlar kariesini oldini olish va majmuaviy davolash usullarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda shaxsiy profilaktikaning yangi “Aerodent” tish yuvish moslamasidan foydalangandagi yuqori samarasi borligi isbotlangan;
bolalarda aniqlangan tish qattiq to‘qimasi kariesini kariesining shakllanish va rivojlanish xavf omillariga asoslanib, tashxislashda, davolashda va profilaktikasida o‘ziga xos yondashuv tizimi asoslangan;
bolalar orasida tish kariesining shakllanish va rivojlanish xavf omillariga qarab, o‘zida diagnostik yondashuvlar, algoritm va shaxsiy profilaktik taktikani o‘tkazish uchun profilaktik chora-tadbirlar tizimi aniqlangan;
tish qattiq to‘qimasi kariesi mavjud bolalarda og‘iz suyuqligi biokimyoviy va tish-milk cho‘ntagi mikrobiologik tarkibi buzilishlarini inobatga olgan holda tavsiya qilingan “Aerodent” moslamasining tish qattiq to‘qimalar mineralizatsiyasini yaxshilashi va mikroflorani me`yorlashtirishi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Aerodent» moslamasidan foydalangan holda bolalarda tish kariesi profilaktikasini takomillashtirish» mavzusi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida:
bemorlarda tish kariesini davolash usullari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmi ynatijalari asosida ishlab chiqilgan «Aerodent moslamasidan foydalangan holda bolalarda tish kariesi profilaktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 dekabrdagi 8n-z/554-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda tish kariesini «Aerodent» moslamasidan foydalangan holda davolash usullari samaradorligini ochib berish imkonini bergan;
«Aerodent» moslamasini ishlatgan holda tishlar kariesi va kataral gingivitning profilaktikasi va davolanishi bo‘yicha yangi usullar ishlab chiqilgan (Mualliflik guvohnomasi 05.11.2019 sanasidagi № ES-01-002545 sonli sertifikat «Aerodent –tishni tozalash jihozidan foydalangan holda bolalarda kariesning profilaktikasi usullari»)
«Aerodent» moslamasidan foydalangan holda bolalarda tish kariesi profilaktikasini takomillashtirishga qaratilgan yondashuvlar asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyat bolalar stomatologiyasi hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi poliklinikalari klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 iyun`dagi 08-16762-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi tish kariesining boshlang‘ich dog‘ shaklining paydo bo‘lishi va chuqurlashishini oldini olishda, aholi orasida kasallikning kamayishiga olib keladi, sifatli tibbiy-ijtimoiy holatni shakllantirgan.