Gaffarova Sevara Sunnatulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i immunomikrobiologik holatiga plomba ashyolarining ta’siri», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD /Tib1226.
Ilmiy rahbar: Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Aldasheva Mayya Axmetovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. (Qozog‘iston Respublikasi); Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Stomotologiya va yuz-jag‘ jarrohligi ilmiy- klinik instituti” davlat muassasasi (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozit restavratsiyalar sifatini og‘iz bo‘shlig‘ining immun-mikrobiologik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz suyuqligining sitokin profili va St. mutansni adgezivlik xususiyatining darajasi bilan kompozit restavratsiya sifati orasida ishonchli bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
og‘iz suyuqligining fizik-kimyoviy tarkibi, og‘iz bo‘shlig‘idagi klinik holat, tish qattiq to‘qima nuqsonining lokalizatsiyasi va xususiyatlarini kompozit restavratsiyalarni sifati bilan patogenetik roli asoslangan;
ko‘p omilli korrelyasion tahlil asosida kompozit restavratsiyalar sifatini belgilovchi ustuvor, statistik ahamiyatga ega xavf omillari aniqlangan;
kompozit ashyosini o‘ziga xos tarkibi va xususiyatlarini, organizm holatini og‘irlashtiruvchi va tish qattiq to‘qimasi nuqsonini tavsifini inobatga olgan holda individuallashtirilgan davo-profilaktik choralari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompozit plombalarning xususiyatlarini va ularning og‘iz bo‘shlig‘ining immuno-mikrobiologik xususiyatlariga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozit plomba ashyolarni klinik-manipulyasion xususiyatlarini baholashga qaratilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Kompozit plomba ashyolarni manipulyasion va estetik xususiyatlarini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 8n-r/1330-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Firuze grand kompozit plomba ashyosini manipulyasion va estetik xususiyatlarini, restavratsiya sifatining qiyosiy tavsifini imkonini bergan;
kompozit restavratsiyalar sifatiga og‘iz bo‘shlig‘i holatini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Og‘iz suyuqligiga kompozit plomba ashyolarining ta’sirini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 8n-r/1329-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma og‘iz bo‘shlig‘ini immuno-mikrobiologik xolatini baholashga imkon berdi va ko‘p omilli korrelyasiya tahlili asosida kompozit restavratsiya sifatiga ta’sir etuvchi xavf omillarini aniqlash imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Chirchiq shahar Bolalar stomatologiyasi poliklinikasi va Buxoro shahar Stomatologiya poliklinikasining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 iyundagi 8n-d/333-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi kompozit restavratsiyalar sifatini yaxshilashga yordam berdi, individual davo va profilaktika choralarini qo‘llash kompozit restavratsiya sifatining uzoq muddatli natijalarini taqqoslangan guruhga nisbatan 45% dan ortiq yaxshilash imkonini yaratgan.