Yul`barsova Nazokat Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali qaytalanuvchi lab yorilishini kompleks patogenetik davolash samaradorligini yaxshilash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1260.
Ilmiy rahbar: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Gileva Ol`ga Sergeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomli Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali qaytalanuvchi lab yorilishida kompleks patogenetik terapiyaning samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali qaytalanuvchi lab yorilishida uning klinik kechishi og‘irligini baholash uchun lab qizil hoshiyasidagi nuqson belgilari va umumiy organizm holatini jamlangan mezonlari ishlab chiqilgan;
ilk bor somatik patologiya va surunkali qaytalanuvchi lab yorilishining og‘irlik darajalari bilan assotsiatsiyasida, lab qizil hoshiyasida turg‘un chiziqli nuqson ko‘rinishidagi mahalliy jarayonlar va tizimli kasalliklarni bog‘liqligi isbotlangan;
surunkali qaytalanuvchi lab yorilishi bilan kasallangan bemorlar salomatligining psixologik komponenti ishonchli tarzda xayot sifatini pasaytirgani sababli kasallikni kechishini og‘irlashtirishi va davolash protokoliga psixologik status korreksiyasi kiritilishi bilan asoslangan;
ilk bor surunkali qaytalanuvchi lab yorilishida endotelial disfunksiyaning patogenetik ahamiyati va uning psixo-emotsional fonida havotir-depressiv buzilishlarga bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
ilk bor surunkali qaytalanuvchi lab yorilishini davolash majmuasiga endotelial disfunksiyani korreksiyasini ta’minlovchi usullaridan foydalanish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali qaytalanuvchi lab yorilishini kompleks patogenetik davolash samaradorligini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali qaytalanuvchi lab yorilishi kechish og‘irligini baholashning klinik mezonini aniqlashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Qaytalanuvchi lab yorilishining klinik kechish og‘irligini miqdoriy baxolash uslubi” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 martdagi 8n-r/280-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarning shikoyatlarini, lablar va og‘iz oldi to‘qimalarning yorilishi va lab qizil hoshiyasi holatini tahlil qilish, kerakli terapiyani tayinlash, terapiyaga javob darajasini baholash va tadqiqot natijalarini taqqoslash imkonini bergan;
surunkali qaytalanuvchi lab yorilishini patogenetik davolashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Surunkali lab yorilishini kompleks davolashda Antistaksni qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 martdagi 8n-r/281-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali qaytalanuvchi lab yorilishida Antistaksni umumiy qabul qilingan terapiya bilan birga qo‘llashni baxolash, davo muddatini qisqartirish, residivlar chastotasi va davomiyligini kamaytirish, residivlararo muddatni uzaytirish va residivlar og‘irligini kamaytirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi poliklinikasi va Toshkent shahar Shayxontohur tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 apreldagi 8n-d/192-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi klinik ko‘rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishi, o‘tkazilgan terapiyani samaradorligini oshirish imkonini bergan.