Hamroev Sherzod Gulmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boyitish korxonalaridagi aralashtirgichlar uchun suyuqlikni aralashtiruvchi samarali qurilmalarni ishlab chiqish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2475.
Ilmiy rahbar: Toshov Bo‘ri Radjabovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Rustam Umarxanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Annaqulov To‘lqin Jovbekovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suyuq muhitlarni mexanik aralashtirish texnologiyasini takomillashtirish va aralashtirish intensivligi yuqori bo‘lgan aralashtirish moslamasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boyitish korxonalaridagi aralashtirilayotgan suyuq muhit zichligining mexanik aralashtirgich ish jarayoniga bog‘liqligini ifodalovchi Reynol`ds sonining o‘zgarish sohasi aniqlangan va ushbu bog‘liqlik asosida suyuqlikning qovushqoqligining mexanik aralashtirgich ishchi qismlarining ish resursiga ta’sirining fizik modeli ishlab chiqilgan;
boyitish korxonalaridagi yuqori zichlikka ega suyuq muhitlarni aralashtirish intensivligini oshiruvchi yangi sharnirli muftali mexanik aralashtirgich qurilmasini ishlab chiqilgan;
yangi sharnirli muftali mexanik aralashtirish qurilmasining ishchi qismlari kinematik parametrlarining aralashtirish intensivligiga bog‘liq holda o‘zgarishi aniqlangan;
katta hajmli silindrsimon idishlarda suyuq muhitlarga kimyoviy reagentlarni qo‘shish orqali aralashtirishda idish yon devorlariga yopishib qolgan qattiq moddalarning samarali mexanik tozalash qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boyitish korxonalaridagi aralashtirish jarayoni intensivligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sharnirli muftali mexanik aralashtirgich «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ 7-son gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 2 avgustdagi 23.01-01-07/495-son ma’lumotnomasi). Natijada, aralashtirish intensivligini oshirish, zichligi 1410-1450 kg/m3 bo‘lgan suyuq muhitdagi oksidli rudalarning aralashtirish jarayonida cho‘kmalar hosil bo‘lishini kamaytirish imkonini bergan;
sharnirli muftali mexanik tozalash qurilmasining yangi konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ 7-son gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 2 avgustdagi 23.01-01-07/495-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori zichlikka ega suyuq muhitlarga kimyoviy reagentlarni qo‘shish tufayli idish yon devorlariga qattiq moddalarning yopishib qolish holatlarini kamaytirish va silindrsimon shakldagi tajriba uskunasidan aralashtirish jarayoni intensivligini oshirish imkonini bergan.