G‘ulomov Rustamjon Komiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Farg‘ona vodiysida tarqalgan Phlomoides Moench turkumi (taksonomiyasi, geografiyasi, ekologiyasi va muhofaza choralari)», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/V480.
Ilmiy rahbar: Batoshov Avazbek Risqulovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Furqat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Laz`kov Georgiy Anatol`evich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan Phlomoides turkumiga kiruvchi turlarning taksonomik tarkibi, ekogeografik hususiyatlarini aniqlash va muhofaza holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida florasida tarqalgan Phlomoides turkumining
26 turdan iborat taksonomik tarkibi aniqlangan, zamonaviy konspekti tuzilgan;
Phlomoides kirghisorum Adylov, Kamelin & Machmedov, P. michaelis Adylov, Kamelin & Machmedov, P. labiosa (Bunge) Adylov, Kamelin & Machmedov P. nuda (Regel) Adylov, Kamelin & Machmedov turlarning yangi o‘sish maydonlari aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan turlarning morfologik belgilarga asoslangan filogenetik daraxti yaratilgan;
to‘r tizimli xaritalash usullaridan foydalangan holda geografik tarqalish hususiyatlari ochib berilgan va turlarning florotsenotiplar bo‘yicha faollik darajasi aniqlangan;
global iqlim o‘zgarishining turli ssenariylari kesimida turlarni kelajakdagi potensial tarqalish arealini ifodalovchi raqamli xaritalari yaratilgan hamda ta’sir qiluvchi asosiy bioiqlim omillari baholangan;
ilk bor turlarni kamyoblik maqomi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) toifalari asosida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan Phlomoides turlarini tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot hududida o‘sadigan Phlomoides turkumining 4 turi (22%) xavf ostida (EN), 2 ta turi (11%) zaif (VU), 5 ta turi (28%) tahdid ostida (NT) va 7 ta turi (39%) esa eng kam tashvishli (LC) sifatida tasniflangan hamda ulardan 6 ta tur (33%) o‘simliklar xavf ostida (EN, VU) deb baholanib, ularning yaratilgan GeoCAT xaritalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Farg‘ona va Namangan viloyati boshqarmalari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasini 2022 yil 17 maydagi 04-02/7-777-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zaif, xavf va tahdid ostida bo‘lgan 18 ta kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarning tarqalish maydonlarini aniqlash, muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
muallif tomonidan terilgan 800 dan ortiq gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASH) fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 23 iyundagi 4/1255-1469-son ma’lumotnomasi). Natijada, vodiy hududidan yig‘ilgan kamyob va endem turlarning yangi gerbariy namunalari noyob ob’ektning O‘rta Osiyo bo‘limi kolleksiyasini boyitgan va turlarining taksonomiyasi, geografiyasi, ekologiyasi bo‘yicha olingan yangi ma’lumotlar hamda turlarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari O‘zbekiston florasining FLORUZ elektron ma’lumotlar bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan.