Jabarov Farrux Odirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doy navlarini o‘sishi, rivojlanishi va hosil shakllanishida mineral o‘g‘itlar me’yorlari hamda qo‘llash chuqurligining samaradorligi (Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 -O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx166.
Ilmiy rahbar: Sattarov Djurakul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Egamov Ilxomjon Uraimovich, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy navlarini oziqlantirishda mineral o‘g‘itlar me’yorlarini turli chuqurliklarda qo‘llashning o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga hamda donning sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda, kaliyli va fosforli o‘g‘itlarni 100%, azotli o‘g‘itni 30% miqdorlarini shudgorning 22-25 sm qatlamiga qo‘llab, azotli o‘g‘itlarni qolgan qismini o‘suv davrida tuplash va naychalash fazalarida egat yuzasi orqali oziqlantirish texnologiyasining samaradorligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda, kaliyli va fosforli o‘g‘itlarni 100%, azotli o‘g‘itni 30% miqdorlarini shudgorning 22-25 sm qatlamiga qo‘llash texnologiyasini qo‘llashning ko‘chat qalinligiga, o‘suv davrining davomiyligiga hamda umumiy va mahsuldor poyalar soniga ijobiy ta’siri isbotlangan;
kuzgi bug‘doyni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda, kaliyli va fosforli o‘g‘itlarni 100%, azotli o‘g‘itni 30% miqdorlarini shudgorning 22-25 sm qatlamiga qo‘llash texnologiyasini qo‘llashning hosil elementlarining shakllanishiga ijobiy ta’sir etib, boshoq uzunligi 0,6 sm. dan 1,0 sm. gacha, bir boshoqdagi donlar soni 0,4 donadan 0,5 donagacha, 1000 dona don vazni 0,3 gr dan 1,2 gr gacha, donning natura og‘irligi 6,0 g/l dan 9,3 g/l gacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda, kaliyli va fosforli o‘g‘itlarni 100%, azotli o‘g‘itni 30% miqdorlarini shudgorning 22-25 sm qatlamiga qo‘llash texnologiyasini qo‘llashning don hosildorligini 8,2 s/ga gacha, don tarkibida oqsil miqdori 0,5% ga, kleykovina miqdori 2,0% ga yuqori bo‘lganligi qayd etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi bug‘doy navlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlar me’yorlarini turli chuqurliklarda qo‘llashning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda mineral o‘g‘itlardan samarali foydanish» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 martdagi 02/23–04/1205–son ma’lumotnomasi). Natijada g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
kuzgi bug‘doy urug‘larini ekish oldidan sof holda fosforli o‘g‘itlarni 100 kg/ga, kaliyli o‘g‘itlarni 100 kg/ga va azotli o‘g‘itlarni yillik me’yorini 200 kg/ga etib belgilab, shundan 30% ni shudgor ostiga, tuproqning 22-25 sm chuqurligiga qo‘llab, 70 foizini o‘suv davrida tuplash va naychalash fazalarida egat yuzasiga qo‘llash texnologiyasi Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 42 gektar maydonga, Chiroqchi tumanida 111 gektar maydonga, viloyat bo‘yicha jami 153 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 martdagi 02/23–04/1205–son ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy usulda etishtirilgan kuzgi bug‘doy maydonlariga nisbatan gektaridan “Yaksart” navidan 15 sentner, “Hisorak” navidan 14 sentner qo‘shimcha hosil olinganligi aniqlangan;
mineral o‘g‘itlardan fosfor o‘g‘itini 100 kg/ga, kaliy o‘g‘itini 100 kg/ga va azotli o‘g‘itini 30% miqdorida shudgor davrida tuproqning 22-25 sm qatlamiga qo‘llab, azotli o‘g‘itni 70 foizini o‘suv davrida tuplash va naychalash fazalarida egat yuzasiga qo‘llash texnologiyasini Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 42 gektar maydonga, Chiroqchi tumanida 111 gektar maydonga, viloyat bo‘yicha jami 153 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 martdagi 02/23–04/1205–son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doyning “Yaksart” navidan oqsil miqdori 15,7%, kleykovina miqdori 31,3%, “Hisorak” navidan oqsil miqdori 15,3%, kleykovina miqdori 30,0% bo‘lgan qimmatbaho don hosili etishtirishga erishilgan.