Saparov Elmurod Donabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1116.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Bahodir Sheralievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar samaradorligini oshirish maqsadida mahalliy byudjetlar xarajatlarining 3-5 foizi miqdorigacha o‘zgartirish kiritish vakolatini mahalliy kengashlar ixtiyoriga o‘tkazish zarurligi asoslangan;
mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadlarining to‘rtdan ikki qismini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirish taklif etilgan;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga sarflangan mablag‘lar shaffofligini ta’minlash maqsadida choraklik davriy nashrlarda e’lon qilib borish orqali byudjet mablag‘lari natijadorligiga erishish zarurligi asoslangan;
mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromad manbalaridan kelgusida potensial soliq to‘lovchilarni shakllantirish maqsadida hududlarda kichik biznes sub’ektlari uchun infratuzilmani yaratib berishga 30 foizgacha yo‘naltirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishining natijalari asosida:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar samaradorligini oshirish maqsadida mahalliy byudjetlar harajatlarining 3-5 foizi miqdorigacha o‘zgartirish kiritish vakolatini mahalliy kengashlar ixtiyoriga o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-589-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 05/-21-32/10777-son ma’lumotnomasi). Natijada, vazirlik, idoralar kesimida joriy va kapital xarajat tarzida tasdiqlanish yo‘lga qo‘yilgan hamda mahalliy kengashlar tomonidan byudjet parametrlarini tasdiqlashda
31 ta, ijro jarayonida 545 ta o‘zgartirishlar kiritilgan;
mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadlarining to‘rtdan ikki qismini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-589-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 05/-21-32/10777-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 2020 yilda davomida 1445,1 mlrd.so‘m yoki 34 foizi sarflanishiga erishilgan;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga sarflangan mablag‘lar shaffofligini ta’minlash maqsadida choraklik davriy nashrlarda e’lon qilib borish orqali byudjet mablag‘lari natijadorligiga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-589-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 05/-21-32/10777-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 2020 yilda elektron va bosma ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb saytlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali 1794 ta chiqish, havola, maqola va tezislar nashr qilinishiga erishilgan;
mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromad manbalaridan kelgusida potensial soliq to‘lovchilarni shakllantirish maqsadida hududlarda kichik biznes sub’ektlari uchun infratuzilmani yaratib berishga 30 foizgacha yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 05/-21-32/10777-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu maqsadlar uchun 2020 yilda 145,3 mlrd.so‘m yoki 3,4 foizi yo‘naltirilgan.