Kalanova Moxigul Baxritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy ovqatlanish korxonalarida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/I1574.
Ilmiy rahbar: Shadieva Gulnora Mardievna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murtazaev Olim Murtazaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlarini rivojlantirish, xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «umumiy ovqatlanish xizmatini ko‘rsatish» tushunchasining mohiyati xizmat ko‘rsatishga “xizmat ko‘rsatish” yondashuvidan unga “jarayon” sifatida munosabatda bo‘luvchi yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan;
«ovqatlanish xizmatlari sifati» tushunchasi mohiyatidan talablarning yuqori darajada bo‘lishi negizida takomillashtirilib, unga ko‘ra iste’molchining ovqatlanishga bo‘lgan talabi “yuqori”, ovqatlanish sifatining standartlarga javob berish “to‘liq” va mijozning xizmatdan qoniqish hosil qilishi “yuqori” darajalarda belgilanishining maqsadga muvofiqligi va xizmat sifatiga “jarayon” sifatida munosabatda bo‘luvchi uslubiy yondashuv asoslangan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida, jumladan konseptual umumiy ovqatlanish korxonalarini yaratish, sohaga oid vertual restoranlar tarmog‘ini kengaytirish, taomlarni xo‘rrandalar huzurida tayyorlashni nazarda tutuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari xizmat ko‘rsatish texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlari asoslangan;
umumiy ovqatlanish xizmatlari hajmining yalpi hududiy mahsulot tarkibi va elastiklik darajasiga ko‘ra umumiy ovqatlanish korxonalarida ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish» tushunchasiga bo‘lgan yondashuv “xizmat ko‘rsatish” yondashuvidan farqli ravishda xizmat ko‘rsatishga “jarayon” sifatida munosabatda bo‘luvchi kompleks yondashuv “Turistlarning ovqatlanishini tashkil qilish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i, 538-613-son guvohnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatishning metodologik-uslubiy asoslarini quyidagilar asosida tubdan takomillashtirishga xizmat qilgan: tushuncha mohiyatiga iste’molchiga bir marta xizmat ko‘rsatishni anglatmagan holda unga jarayon sifatida qarash, ya’ni «iste’molchini tayyorlash va uni doimiy qabul qilib borish, xizmat ko‘rsatishga nafaqat “sotuvchi (ofisiant)” – iste’molchi munosabati”ni balki umumiy ovqatlanish zali va xizmat ko‘rsatishning barcha infrastrukturasini jalb etish» mazmunida qarash, mazkur yondashuv umumiy ovqatlanish amaliyotida xizmat madaniyati va raqobat muhitini keskin darajada oshirish, is’temolchilarni doimiy jalb qilish choralarini ko‘rish ishlarini kuchaytirish zaruratiga uslubiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra «ovqatlanish xizmatlari sifati» tushunchasi mohiyati tubdan takomillashtirilib, unga ko‘ra iste’molchining ovqatlanishga bo‘lgan talabi “yuqori”, ovqatlanish sifatining standartlarga javob berish “to‘liq” va mijozda xizmatdan qoniqish hosil qilishi “yuqori” darajalarda belgilanishi asoslanib, xizmatlar sifatiga jarayon sifatida qaralish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘iga ko‘ra 538-613-sonli guvohnomasi asosida chop etilgan “Turistlarning ovqatlanishini tashkil qilish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan ma’lumotnoma asosida amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 11/03-15-8243-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ovqatlanish xizmatlari sifatini tubdan takomillashtirishga xizmat qilgan holda, bir tomondan sifat parametrlarini raqobat talablari asosida ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan esa «iste’molchi» huquqlarini huquqiy-iqtisodiy jihatdan himoya qilishga uslubiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida, jumldan konseptual umumiy ovqatlanish korxonalarini yaratish, sohaga oid vertual restoranlar tarmog‘ini kengaytirish, taomlarni xo‘rrandalar huzurida tayyorlashni nazarda tutuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari xizmat ko‘rsatish texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan ma’lumotnoma asosida amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2021 yil 06 oktyabrdagi 11/03-15-8243-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan umumiy ovqatlanish sub’ektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini raqamli iqtisodiyot sharoitida amalga oshirish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
umumiy ovqatlanish xizmatlari hajmining yalpi hududiy mahsulot tarkibi va elastiklik darajasiga ko‘ra umumiy ovqatlanish korxonalarida ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidanma’lumotnoma ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 11/03-15-8243-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi umumiy ovqatlanish xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan «halol ovqatlanish», «dalaga sayohat qiluvchilarga bir sutkalik kompleks taomni tayyorlab berish», «sohada ovqatlanish zanjirini tashkil etish» kabi istiqbolli «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan.