Hojiboev Ilhomjon Islomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalq ta’limi tizimida malaka oshirish kursi tinglovchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning psixologik omillari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Psi51.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Bahromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Dusmuxamedova Shoira Akbarovna, psixologiya  fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish tizimida xalq ta’limi xodimlari kasbiy kompetentligiga ta’sir etuvchi omillarni ochib berish hamda uni rivojlantirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish kursi tinglovchilarida «muvaffaqiyatga intilish» motivining darajaviy namoyon bo‘lishiga muvofiq «intellekt»,  «muloqotmandlik» kabi sifatlarning dinamik shakllanishiga ko‘ra pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlanishiga samarali ta’sir etishi isbotlangan;
xalq ta’limi xodimlarida kasbiy kompetentlik rivojlanganligiga ko‘ra o‘z imkoniyat, muvaffaqiyatlariga ishonch hamda o‘zgarishlarga nisbatan adekvat munosabatning darajaviy namoyon bo‘lishini integral shaxs xususiyatlari bilan uyg‘unlashuvi negizida «kirishimlilik», «abstrakt tafakkur», «ijodkorlik», «o‘ziga ishonch» kabi omillar ustuvor xarakterga ega ekanligi aniqlangan; 
xalq ta’limi xodimlari kasbiy kompetentligining rivojlanishida malaka toifasidagi farqlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda kommunikativ, intellektual, emotsional, regulyativ xususiyatlarning namoyon bo‘lishidagi differensial tafovutlarga asoslanib, tinglovchilarda kasbiy yo‘nalganlik ko‘rsatkichlarini shakllantirish zarurati dalillangan; 
malaka oshirish jarayonida xalq ta’limi xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun muvaffaqiyatga intilish, mag‘lubiyatdan qochish motivatsiyasi, kasbiy yo‘nalganlik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan «Malaka oshirish tizimining funksional modeli»ni qo‘llash samarali ekanligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Xalq ta’limi tizimida malaka oshirish kursi tinglovchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning psixologik omillari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
malaka oshirish kursi tinglovchilarida «muvaffaqiyatga intilish» motivining darajaviy namoyon bo‘lishiga muvofiq «intellekt»,  «muloqotmandlik» kabi sifatlarning dinamik shakllanishiga ko‘ra pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlanishiga samarali ta’sir etishiga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 dekabrdagi  PM-66a-son buyrug‘i asosida «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 dekabrdagi PM-66a-son ma’lumotnomasi). Natijada qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining kasbiy kompetentlik hamda uni rivojlantirish borasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari shakllanishiga erishilgan;
xalq ta’limi xodimlarida kasbiy kompetentlik rivojlanganligiga ko‘ra o‘z imkoniyat, muvaffaqiyatlariga ishonch hamda o‘zgarishlarga nisbatan adekvat munosabatning darajaviy namoyon bo‘lishini integral shaxs xususiyatlari bilan uyg‘unlashuvi negizida «kirishimlilik», «abstrakt tafakkur», «ijodkorlik», «o‘ziga ishonch» kabi omillar ustuvor xarakterga ega ekanligini asoslashga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 dekabrdagi  PM-66a-son buyrug‘i asosida «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 dekabrdagi PM-66a-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchi, amaliyotchi psixologlarning xalq ta’limi xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga oid bilimlarini yanada boyitishga zamin yaratilgan;
Xalq ta’limi xodimlari kasbiy kompetentligining rivojlanishida malaka toifasidagi farqlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda kommunikativ, intellektual, emotsional, regulyativ xususiyatlarning namoyon bo‘lishidagi differensial tafovutlarga asoslanib,  tinglovchilarda kasbiy yo‘nalganlik ko‘rsatkichlarini shakllantirish zaruratini dalillashga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 dekabrdagi  PM-66a-son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 dekabrdagi PM-66a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixolog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishiga shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagoglar jamoasi  bilan ishlash mahoratini takomillashtirishga erishilgan;
malaka oshirish jarayonida xalq ta’limi xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun muvaffaqiyatga intilish, mag‘lubiyatdan qochish motivatsiyasi, kasbiy yo‘nalganlik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan «Malaka oshirish tizimining funksional modeli»ni qo‘llash samarali ekanligini asoslashga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 dekabrdagi  PM-66a-son buyrug‘i asosida «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 dekabrdagi PM-66a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlar faoliyatida xalq ta’limi xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirishga oid mashg‘ulotlar bazasini boyitishga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish