Turaxonov Abdukarim Eshkuzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda kasbiy mas’uliyat shakllanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P230.
Ilmiy rahbar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sagindikova Nargiza Djubatkanovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda kasbiy mas’uliyat shakllanishining psixologik xususiyatlarini aniqlash va ularning refleksiv jarayonlar ta’sirida o‘zaro mutanosib rivojlanishi asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning bilish ehtiyoji va faol motivlarini kasbiy yo‘naltirish natijasida al`truistik mas’uliyat, tanqidiy tafakkur, internal lokal nazorat, tashabbuskorlik, matonatlilik kabi psixologik xususiyatlarning refleksiv jarayonlar ta’sirida o‘zaro mutanosib rivojlanishidan kelib chiqib kasbiy mas’uliyat shakllanishi dalillangan;
talabalarning kasbiy o‘z-o‘zini noadekvat baholashi natijasida «muammodan qochish», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga moyillik», «eksternal lokal nazorat»ning axloqiy-etik qadriyatlarda individual xususiyatlarga ko‘ra ustuvorligi sababli ularda adekvat hayotiy kamchiliklarni ongsiz tarzda bartaraf etishga moyillikning ortib borishi asoslangan;
shaxsda kasbiy mas’uliyatning rivojlanish tamoyiliga ko‘ra axloqiy, kognitiv, regulyativ va motivatsion sohalarni irodaviy sifatlarga integrativ ta’siri negizida «Talabalarda kasbiy mas’uliyat shakllanishining psixologik xususiyatlari modeli»ni kiritish samarali ekanligi dalillangan;
talabalarda kasbiy mas’uliyatni shakllantirishda axloqiy-etik va ekzistensial javobgarlik hissini konstruktiv tanqidiy tafakkur bilan uyg‘un rivojlanishiga muvofiq kognitiv hamda irodaviy omillar ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarda kasbiy mas’uliyat shakllanishining psixologik xususiyatlari bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning bilish ehtiyoji va faol motivlarini kasbiy yo‘naltirish natijasida al`truistik mas’uliyat, tanqidiy tafakkur, internal lokal nazorat, tashabbuskorlik, matonatlilik kabi psixologik xususiyatlarning refleksiv jarayonlar ta’sirida o‘zaro mutanosib rivojlanishidan kelib chiqib kasbiy mas’uliyat shakllanishi dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-65-a-sonli buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-65-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar va tinglovchilarda kasbiy mas’uliyat hissi rivojlanishiga nisbatan kasbiy refleksiya xususiyatlarining namoyon bo‘lishiga erishilgan;
talabalarning kasbiy o‘z-o‘zini noadekvat baholashi natijasida «muammodan qochish», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga moyillik», «eksternal lokal nazorat»ning axloqiy-etik qadriyatlarda individual xususiyatlarga ko‘ra ustuvorligi sababli ularda adekvat hayotiy kamchiliklarni ongsiz tarzda bartaraf etishga moyillikning ortib borishi asoslanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-65-a-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-65-a-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida talabalar va tinglovchilarda kasbiy o‘z-o‘zini noadekvat baholashi va adekvat hayotiy kamchiliklarni ongsiz tarzda bartaraf etishga moyillikning ortib borishidan saqlanishga nisbatan malaka-ko‘nikmalarni shakllantirishga erishilgan;
shaxsda kasbiy mas’uliyatning rivojlanish tamoyiliga ko‘ra axloqiy, kognitiv, regulyativ va motivatsion sohalarni irodaviy sifatlarga integrativ ta’siri negizida «Talabalarda kasbiy mas’uliyat shakllanishining psixologik xususiyatlari modeli»ni kiritish samarali ekanligi dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-65-a-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-65-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlari psixologlari, psixologiya fanlari bo‘yicha dars beradigan professor-o‘qituvchilari faoliyatining uslubiy ta’minotini boyitishga xizmat qilgan;
talabalarda kasbiy mas’uliyatni shakllantirishda axloqiy-etik va ekzistensial javobgarlik hissini konstruktiv tanqidiy tafakkur bilan uyg‘un rivojlanishiga muvofiq kognitiv hamda irodaviy omillar ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-65-a-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-65-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlari psixologlari, psixologiya fanlari bo‘yicha dars beradigan professor-o‘qituvchilari faoliyatining uslubiy ta’minotini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish