Kamilov Farhod Oblakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni institutsional takomillashtirish», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/S49.
Ilmiy rahbar: Latipova Nodira Muxtarjanovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSs.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Seitov Azamat Pulatovich, sotsiologiya fanlari doktori; Yunusov Alisher Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimini sotsiologik tadqiq etish orqali institutsional takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishda ota-onalar uchun axborot-konsalting xizmatini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilarning nogironligi bo‘lgan bolalar bilan kommunikativ ko‘nikmalarini oshirish, ijtimoiy pedagog institutini joriy etish, inklyuziv maktab standartlarini ishlab chiqishning ahamiyati sotsiologik asoslangan;
nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlashda «ota-onalar-ota-onalarga», «parents to parents» tamoyilini (ota-onalarning bir-biriga yordami, oilani qo‘llab-quvvatlash dasturini keng joriy etish, ota-onalar klublarini tashkil etish)ni keng qo‘llashning ijtimoiy natijadorligi isbotlangan;
«inson qadrini ulug‘lash» tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishda (tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, nogironlik bo‘yicha statistikani yuritish) «mahallabay» yondashuvi asosida ularning ehtiyojlarini aniqlash va ijtimoiy vaziyatini o‘rganish, ijtimoiy himoya xizmatlariga qamrab olish orqali jamiyatga integratsiya qilish imkoniyatlari kengayishi asoslangan;
nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimini institutsional takomillashtirishda yagona mas’ul organni belgilash asosida himoyani xayriyaga aylantirib emas, balki ularning ijtimoiy-huquqiy asoslarini mustahkamlash orqali erishish imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni institutsional takomillashtirish mexanizmlari muammosini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishda ota-onalar uchun axborot-konsalting xizmatini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilarning nogironligi bo‘lgan bolalar bilan kommunikativ ko‘nikmalarini oshirish, ijtimoiy pedagog institutini joriy etish, inklyuziv maktab standartlarini ishlab chiqishning ahamiyati sotsiologik asoslanganligiga oid ma’lumotidan Respublika «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2021 yilda «Fuqarolar ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida: holati, kutilmalar va istiqbollari» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlardagi anketada «A» blokida 5 ta, «B» blokida 5 ta, «S» blokida 4 ta savollarni tuzishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2021 yil 6 avgustdagi 01-16/227-son ma’lumotnomasi). Natijalar nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni institutsional takomillashtirishda inklyuziv jamiyatni rivojlantirish hamda ularga nisbatan stigma va diskriminatsiyaga barham berish, «to‘siqsiz muhit»ni yaratish va hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlashda «ota-onalar-ota-onalarga», «parents to parents» tamoyilini (ota-onalarning bir-biriga yordami, oilani qo‘llab-quvvatlash dasturini keng joriy etish, ota-onalar klublarini tashkil etish)ni keng qo‘llashning ijtimoiy natijadorligi asoslantirilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-son «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining III bo‘limidagi «v» bandi «inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, bolaning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga erishish»ning «fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ota-onalar o‘rtasida inklyuziv ta’lim tizimi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish» yo‘nalishini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 9 avgusdagi 06-06/2-1865-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarni barcha bolalar bilan birgalikda ta’lim olishi, ota-onalar bir biri bilan tajriba almashish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
«inson qadrini ulug‘lash» tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishda (tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, nogironlik bo‘yicha statistikani yuritish) «mahallabay» yondashuvi asosida ularning ehtiyojlarini aniqlash va ijtimoiy vaziyatini o‘rganish, ijtimoiy himoya xizmatlariga qamrab olish orqali jamiyatga integratsiya qilish imkoniyatlari kengayishi asoslanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi PF-6275-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha» chora-tadbirlar rejasining 15-bandini «Nogironligi bo‘lgan bolalar oilaga tarbiyaga olinganda ularni patronaj bilan qamrab olish va zarur tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish» ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2021 yil 28 iyundagi 06/235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nogironligi bo‘lgan bolalarni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish, ularni ijtimoiy xizmatlarga qamrab olish imkoniyati kengaydi;
nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimini institutsional takomillashtirishda yagona mas’ul organni belgilash asosida himoyani xayriyaga aylantirib emas, balki ularning ijtimoiy-huquqiy asoslarini mustahkamlash orqali erishish imkoniyatlari ochib berilganligiga oid ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining «85-maqsadning «Ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini olib borish bo‘yicha davlat organini belgilash» deb nomlangan 311-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasining 2021 yil 15 avgustdagi 178-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy himoyaga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish va boshqarishda yagona organni tashkil etish orqali nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘larini maqsadli sarflash bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralarga taklif va tavsiyalar berish imkonini bergan.