Shamsiev Islom Rabbim o‘g‘lining
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Quritish barabanini takomillashtirish asosida paxtani tozalash samaradorligini oshirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/2404
Ilmiy rahbar: Parpiev Azimdjan, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Qadam Jumaniyazov texnika fanlari doktori, professor; Axmedxo‘jaev Xamid Tursunovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quritish barabanini takomillashtirish asosida paxtani tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quritish barabanidan havoni so‘rish hisobiga tozalash samaradorligi yuqori bo‘lgan yangi texnologik tizim ishlab chiqilgan hamda qurilgan regressiya tenglamalari asosida uning parametrlari va ishlash rejimlari aniqlangan;
bosim kuchini inobatga olgan holda sidiruvchi rezina sirtida tosh va iflosliklarni xarakat qonuniyatlari olingan va ta’sir etuvchi kuchlarni hisobga oluvchi matematik model yordamida havo so‘rish quvurini joylashtirish koordinatalari aniqlangan;
tosh va mayda iflosliklarni ajratish zonasida harakatlanish qonuniyatlarini belgilovchi tenglamalar olingan, havo tezligi va ifloslik massalarini turli qiymatlaridagi tahlili asosida tosh va iflosliklarni ajralishini aerodinamik rejimlari aniqlangan;
tajribalar asosida quritish barabanidan so‘rilayotgan havo sarfini namlik ajralish va tozalash samaradorligi o‘rtasida bog‘lanishlar ishlab chiqilgan, tajriba natijalarini taxlil qilish natijasida havo sarfini ratsional qiymatlari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Quritish barabanini takomillashtirish asosida paxtani tozalash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani quritish va tozalashni tavsiya etilgan texnologik tizimi Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining tasarrufiga qiruvchi Chinobod paxta tozalash korxonasida tadbiq etilgan (O‘zpaxtasanoat AJning 2020 yil 27 noyabrdagi №03-18/2679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mayda ifloslik bo‘yicha tozalash samaradorligi 5,8%dan 13,67% gacha oshgan, tola sifati yaxshilangan.