Abdukarimova Saida Abdujalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy polipropilenni shisha tolasi yordamida fizik-mexanik xossalarini yaxshilash texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2344.
Ilmiy rahbar: Turaev Erkin Rustamovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Xasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Adilov Rovshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy polipropilen, shisha/bazal`t tolalari va maleinlangan polipropilen asosida fizik-mexanik, termik va issiqlik xususiyatlari yaxshilangan kompaundlarni yaratish va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer kompaundlarga kompatibilizator sifatida qo‘shiladigan, maleinlangan polipropilen sintezining maqbul sharoitlari aniqlangan va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mahalliy polipropilenni, shisha va bazal`t tolalar hamda kompatibilizator bilan modifikatsiyalash orqali, mexanik mustahkamligi va termik barqarorligi yuqori bo‘lgan polimer kompaundlarning tarkibi, tayyorlanish usullari yaratilgan hamda olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan polimer kompaund materiallar tarkibidagi shisha va bazal`t tolali to‘ldiruvchilar hamda kompatibilizatorning optimal konsentratsiyalari aniqlangan;
shisha va bazal`t tolalarining tarkibi, tuzilishi va tabiati hamda ularning, olingan polimer kompaundlarning fizik mexanik xossalariga ta’siri aniqlangan hamda polimer kompaundlarning fizik kimyoviy va mexanik xossalari yaxshilanishi isbotlangan;
olingan polimer kompaundlarning termik, fizik-mexanik va o‘tga chidamlilik xususiyatlari hamda kompaund materiallarning issiq bardoshliligi shisha tolalar uchun 150°C va bazal`t tolalar uchun 151° C gacha ortishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy polipropilenni shisha tolasi yordamida fizik-mexanik xossalarini yaxshilash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shisha va bazal`t tola saqlagan, energiya tejamkor polimer qoplamalar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining “2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2021 yil 17 dekabrdagi 26-6879-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy shisha va bazal`t xomashyolari asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli polimer kompozit materiallar ishlab chiqarish imkonini beradi;
bazal`t va shisha tola yordamida modifikatsiyalangan polipropilen olish texnologiyasi «POLYMER PIGMENTS» MChJ, «WOOD POLYMER» MChJ va «GMK POLYMER» MChJ korxonalarida issiqbardosh va energiya tejamkor qoplamalar ishlab chiqarishda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2021 yil 17-dekabrdagi 26-6879-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilgan polimer kompozit granulalarining tan narxini kamaytirish hamda iqtisodiy samaradorlikni o‘rtacha 12-16% ga oshirish imkonini bergan.