Pardaev Umidjon Uralovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat byudjetini prognozlashtirish uslubiyatini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt112.

Ilmiy rahbar: Olimjonov Odil Olimov, Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; G‘aybullaev Orzimurod Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

IITadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat byudjetini prognozlashtirish uslubiyatini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

davlat byudjeti daromadlarini barqarorlashtirish maqsadida yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasini optimallashtirish orqali real sektor korxonalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga soliq siyosatining ta’sirchanligini oshirish va soliq yukini maqbullashtirish asoslangan;

jismoniy shaxslarning mulklaridan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha mol-mulk solig‘ini hisoblash tartibini takomillashtirishda mol-mulk qiymatining eng kam me’yorlarini qo‘llash asoslangan;

davlat byudjeti daromadlari bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlarining aniqligini oshirish va yagona er solig‘ining qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari iqtisodiy faolligiga ta’sirini kuchaytirishda qishloq xo‘jaligi erlarining normativ qiymatini har yili qayta baholash asosida soliqqa tortish tartibi taklif etilgan;

davlat byudjeti daromadlarini jamlash tartibini takomillashtirish maqsadida jismoniy shaxslardan kelib tushadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni byudjet daromadlariga undirishning yagona g‘azna hisob varag‘iga yig‘ish uslubi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Davlat byudjetini prognozlashtirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

2016 yil 1 yanvardan boshlab  yuridik shaxslarning mulkiga solinadigan soliq stavkasi 4 foizdan 5 foizga oshirish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Reepublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-son qarorining 18-ilovasi bilan soliq amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 12 dekabrdagi 16/1-29204-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida real sektor korxonalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga soliq siyosatining ta’sirchanligini oshirish va soliq yukini maqbullashtirish hamda mahalliy byudjetlar daromadini barqarorlashtirish imkoniyati yaratilgan;

jismoniy shaxslar mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda mulkning inventarizatsiya qiymatini kadastr hujjatlaridan kelib chiqib belgilash, biroq 3000 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Reepublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarorining 19-ilovasi bilan soliq amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 12 dekabrdagi 16/1-29204-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi orqali mulklarni (uy-joylarni) kadastr hujjatlaridagi qiymati bilan bozor qiymati o‘rtasidagi tafovutlar maqbullashib, davlat byudjetiga mulk solig‘i bo‘yicha tushumlar prognoz ko‘rsatkichlarining aniqligini oshirishga erishilgan;

2016 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi erlarini qayta baholab, erlarning yangi me’yoriy qiymatiga nisbatan yagona er solig‘i stavkasini 6 foizdan 0,95 foizga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Reepublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarorining 21-ilovasi bilan soliq amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 12 dekabrdagi 16/1-29204-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida 2016 yilda mahalliy byudjetlarga 76,2 mlrd. so‘m miqdorda qo‘shimcha mablag‘ tushishiga erishilgan;

davlat byudjeti daromadlarini jamlash tartibini takomillashtirish maqsadida jismoniy shaxslardan kelib tushadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni byudjet daromadlarini g‘azna ijrosiga qamrab olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 24 martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-son qo‘shma qaroriga asosan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2016 yil 9 sentyabrdagi MM/31-01/1-32-10/2527-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Davlat byudjeti daromadlariga jamlash jarayonida tranzit vazifasini bajarib kelayotgan bank hisob raqamlarida kun oxirida qolib ketayotgan jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning 20-30 mln. so‘mgacha byudjet mablag‘lari davlat byudjetiga qo‘shimcha ravishda undirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish