Rashidov Azamat Sattorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat mahsulotlari uchun analitik o‘lchash usullarini unifikatsiyalashning nazariy asoslari va ularni attestatsiyadan o‘tkazish metodologiyasini ishlab chiqish», 05.03.02 – Metrologiya va metrologiya ta’minoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1011
Ilmiy rahbar: Axmedov Barat Maxmudovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Abdukaxxor Abdulxaievich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Abdikayumovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoatidagi mavjud analitik o‘lchashlar uslubiyotlarini oqilona unifikatsiyalashning nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab chiqish, ularni attestatsiyadan o‘tkazishdagi asosiy bosqichlar va tanlab olingan uslubiyotlardagi noaniqliklar manbalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
analitik o‘lchashlarning metrologik xususiyatlari asosida o‘lchash ob’ektlarining alohida turlari (mahsulotlari) uchun nazariy asoslangan holda o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini unifikatsiyalash imkonini beruvchi tamoyillar ishlab chiqilgan;
unifikatsiyalangan o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining elementlari asosida attestatsiya jarayonlaridagi xarajatlarni kamaytirish imkonini beruvchi attestatsiya bosqichlari ketma-ketligi ishlab chiqilgan;
unifikatsiyalangan uslubiyotlar asosida o‘lchash vositalarining ishonchligini ta’minlash imkonini beruvchi darajalanish bosqichlari ishlab chiqilgan;
unifikatsiyalangan o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari va ularni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan noaniqliklar manbalari tahlil qilish asosida ularni kamaytirish imkonini beruvchi usullar ishlab chiqilgan;
ekstraksion-spektrometrik uslubiyotdan foydalanib analitik o‘lchashlarni bajarishda davomida yuzaga kelgan noaniqlik manbalari tahlili asosida elementlar bo‘yicha baholash usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini unifikatsiyalash tamoyillari va unifikatsiyalangan me’yoriy hujjat O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filialiga joriy qilingan (O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2021 yil 21 sentyabrdagi №01/3403-son ma’lumotnomasi) Natijada, berilgan tavsiyalarning bajarilish holati bo‘yicha korxonada iqtisodiy samaradorlikni 4-5 % ga oshirish imkonini bergan.
laboratoriya sharoitida mahsulotlar sinovini avtomatlashtirish uchun kompyuter dasturi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi davlat korxonasi Qashqadaryo filialiga joriy etilgan (O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2021 yil 21 sentyabrdagi №01/3403-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastur orqali ishning bajarilish holati bo‘yicha korxonada iqtisodiy samaradorlikni 5-7 % ga oshirish imkonini bergan.