Alimova Gulchexra Raximjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta tolasini yigirish jarayonini adaptiv-neyron boshqarish tizimi», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T1579.
Ilmiy rahbar: Siddikov Isomidin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Iskandarov Zoxid Ergashboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neyro-noravshan texnologiyalar usullari asosida paxta tolasini yigirish jarayonining adaptiv-neyron boshqarish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tolasini yigirish jarayonini fizikaviy xossalari va rostlanuvchi parametrlarining noaniqlik xarakterli tashqi g‘alayonlar bilan funksional bog‘liqligini hisobga olish asosida yigirish jarayonining adaptiv boshqarish tizimini sintezlash imkonini beruvchi dinamik matematik modeli ishlab chiqilgan;
yigirish jarayonini El`man tipidagi neyro-noqat’iy modelining arxitekturasini tanlash, o‘qitish va vazn koeffisientlarini aniqlashning tezkor dinamik gradient usuli asosida jarayonni real vaqtda yuqori tezkorlik va aniqlikda boshqarish imkonini beruvchi hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
boshqarish ob’ekti parametrlari va tashqi g‘alayon ta’sirlarining o‘zgarishiga mos ravishda neyro-noravshan rostlagich parametrlarini ikki bosqichli parametrik optimallash protsedurasi asosida sozlash orqali boshqarish jarayonini stabillash imkonini beruvchi adaptiv korreksiyalash algoritmi ishlab chiqilgan;
yigirish jarayonining parametrlari keng diapazonda o‘zgarishi va tashqi ta’sirlarning joriy vaqtdagi noaniqligi sharoitida yuqori sifatli boshqarishni ta’minlash imkonini beruvchi real sharoitda qo‘llanishi bilan farq qiladigan adaptiv-neyron boshqarish tizimini sintezlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
paxta tolasini yigirish jarayonini boshqarish tizimini adaptiv-neyron modellari va noravshan rostlagichning optimal parametrlarini topish algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua “Surxonteks” MChJ da joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasini 2022 yil 24 fevraldagi №04/25-419-son ma’lumotnomasi). Natijada, ip uzilishlar soni 2,7% ga kamayishiga erishilgan;
yigirish qurilmasini texnologik parametrlarini stabillash algoritmlari “Surxonteks” MChJ da joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasini 2022 yil 24 fevraldagi №04/25-419-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli tashqi ta’sirlarda texnologik agregat ish rejimlarini stabillash va boshqarish tizimini turg‘unligini ta’minlash imkonini bergan;
ob’ekt holati haqida ma’lumotlar etarli bo‘lmagan sharoitda yigirish qurilmasini adaptiv-neyron boshqarish tizimini sintezlashni hisoblash protseduralari “Surxonteks” MChJ da joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasini 2022 yil 24 fevraldagi
№04/25-419-son ma’lumotnomasi). Natijada, topshiriq va tashqi ta’sir o‘zgarganda agregat ish rejimlarini zaruriy holda ushlab turish natijasida energiya sarfini kamaytirish imkonini bergan.