Naurizbaev Alliyar Oserbaevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keng qamrovli mola-tekislagich uchun iz yumshatkichlarning parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2318.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keng kamrovli mola-tekislagichga iz yumshatkich ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash orqali erlarni ekishga tayyorlash sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iz yumshatkichning konstruktiv sxemasi mola-tekislagich transport holatidan ish holatiga o‘tkazilganda yoki traktordan uzilganda uning og‘irlik kuchi iz yumshatkichlarga kelib tushmaslik shartini hisobga olingan holda ishlab chiqilgan;
iz yumshatkichlar ishchi qismlarining tuproq bilan ta’sirlashish jarayonlari va parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar traktor g‘ildiraklaridan hosil bo‘lgan izlarga to‘liq ishlov berilishi mezonlari asosida chiqarilgan;
keng qamrovli mola-tekislagichga o‘rnatilgan tekislagichning parametrlari dala yuzasidagi notekisliklarni talablar darajasida tekislanishi shartidan aniqlangan.
iz yumshatkichlar parametrlarining maqbul qiymatlari ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Keng qamrovli mola-tekislagich iz yumshatkichlarining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
iz yumshatkichlar bilan jihozlangan keng qamrovli mola-tekislagichga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Mola-tekislagich», FAP 01774 - 2022 y.). Natijada ish sifati va unumi yuqori hamda energiya-resurstejamkor mola-tekislagichning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
iz yumshatkichlar bilan jihozlangan keng qamrovli mola-tekislagichga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3-avgustdagi 07/24-04/5229 - son ma’lumotnomasi). Natijada mayin va talab darajasida zichlangan tuproq qatlamini hosil qilish imkonini beradigan iz yumshatkichlar bilan jihozlangan keng qamrovli mola-tekislagich yaratilgan;
ishlab chiqilgan iz yumshatkichlar bilan jihozlangan keng qamrovli mola-tekislagichning tajriba nusxasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklari va Quyichirchiq tumanidagi «REAL AGRO COTTON» unitar korxonasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 
2022 yil 3-avgustdagi 07/24-04/5229 - son ma’lumotnomasi). Natijada erlarni ekishga tayyorlashda mehnat sarfi 19,92 foizga va har bir gektar maydonga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlar 13,71 foizga kamaygan; 
iz yumshatkichlar bilan jihozlangan keng qamrovli mola-tekislagichning sanoat nusxasini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3-avgustdagi 07/24-04/5229 - son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan iz yumshatkichlar bilan jihozlangan keng qamrovli mola-tekislagichni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish