Xakimov Ziyodulla Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt233.
Ilmiy rahbar: Soliev Axmadjon, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdukarimov Barot-Ali, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchitashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirishga qaratilgan uslubiy yondashuv o‘zaro munosabatlarga asoslangan klaster usulidan foydalanish vositasida takomillashtirilgan;
engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini baholash usuli korxonaning integral ko‘rsatkichlari (ishlab chiqarish, marketing, moliyaviy, boshqaruv, logistik va innovatsion faoliyatlari samardorligi) va bozor muhitiga moslashishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
engil sanoatni klasterlash imkoniyatlarini baholash usuli korxonalarning vertikal va gorizantal integratsiyasi hamda raqobatda hamkorlik munosabatlari omillari asosida takomillashtirilgan;
moda industriyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy brendni yaratish va assortimentni kengaytirishning yetakchilik strategiyasi takomillashtirilgan;
“Namangan tekstil` klasteri” shaklida engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirishga qaratilgan o‘zaro munosabatlarga asoslangan klaster usulidan foydalanish vositasida takomillashtirilgan uslubiy yondashuv “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekengilsanoat” AJning 2017 yil 4 dekabrdagi DM-160-son ma’lumotnomasi). “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2017–2019 yillarga mo‘ljallangan biznes maqsadlarini belgilash va viloyatlarda paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qaror loyihalarini tayyorlashda muayyan darajada xizmat qilgan;
engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini baholashning korxonaning integral ko‘rsatkichlari (ishlab chiqarish, marketing, moliyaviy, boshqaruv, logistik va innovatsion faoliyatlari samardorligi) va bozor muhitiga moslashishiga ko‘ra takomillashtirilgan usuli “O‘zbekengilsanoat” AJning faoliyatiga qo‘llanilgan (“O‘zbekengilsanoat” AJning 2017 yil 4 dekabrdagi DM-160-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan “Yuksalish”, “Saodat sanoat servis” MChJlar amaliyotida foydalanilib, mazkur korxonalarning 2017 yildagi rentabellik ko‘rsatkichlarini 2016 yilga nisbatan oshirilishiga hamda 48 ming AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha mahsulot eksport qilinishiga erishilgan;
engil sanoatni klasterlash imkoniyatlarini baholashning korxonalarning vertikal va gorizantal integratsiyasi hamda raqobatda hamkorlik munosabatlari kabi omillar asosida takomillashtirilgan usuli “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekengilsanoat” AJning 2017 yil 4 dekabrdagi DM-160-son ma’lumotnomasi). Klasterlash imkoniyatlarini baholash usuli viloyatlarda zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarorlari loyihalarini asoslashda foydalanilgan;
“Namangan tekstil` klasteri” shaklida engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish modeli “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekengilsanoat” AJning 2017 yil 4 dekabrdagi DM-160-son ma’lumotnomasi). Ushbu model` asosida Namangan viloyatining “Toshbuloq teks” MChJ bazasida paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha loyiha amalga oshirilgan;
moda industriyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy brendni yaratish va assortimentni kengaytirishning yetakchilik strategiyasi bo‘yicha berilgan takliflar asosida Namangan viloyati hokimligining 2015 yil 4 fevraldagi 53-sonli “Viloyatda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ishlab chiqarayotgan mahsulotlari sifatini yaxshilash va raqobatbardoshliligini ta’minlash maqsadida texnik-texnologik, injiniring, dizayn-moda, reklama va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi maxsus qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan, (Namangan viloyati hokimligining 2015 yil 4 fevraldagi 53-son qarori). Takliflar asosida Namangan viloyatida “Istiqlol Dizayn Markazi”, “Namangan fashion cunsulting”, “Namangan inginiring textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan 20 dan ortiq korxonalarning 120 ming AQSh dollarlik qo‘shimcha mahsulot eksport qilinishi ta’minlangan.