Gafurova Nodira Ravshanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1949.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik xususiyatlari hurfikrlilikka asoslangan ta’lim muhitini proeksiyalash orqali konstruktiv muloqotchanlikka yo‘naltirilgan o‘quv materiallarini variativ loyihalashning ontologik, normativ, motivatsion bosqichlarining qaytar aloqaga kirishuvchanlik darajasini kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni ijtimoiy moslashuv va axloqiy-amaliy faoliyat mexanizmi sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimi hamkorlikdagi (estafeta, o‘zaro yordam, o‘zi haqidagi o‘tmish), refleksiv (rolli niqob, tasodifiy savollar) va badiiy adabiyotlardan foydalanishga (do‘stimning sevimli kitobi, ezgu so‘z, kinostudiya) doir faoliyatni tashkil etishning interfaol usullarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlari “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonlari “Dunyo piramidasi”, “Tolerantlik o‘lkasida”, “Kuch – do‘stlikda”, “Ezgu qo‘llar”, “Biz va olam” kabi elektiv mashg‘ulotlarni modulli ta’lim texnologiyasining diagnostik maqsadni belgilash, moslashuvchanlik, hamkorlik, refleksiv tamoyillariga ustuvorlik berish asosida loyihalash mantig‘ini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning etnopedagogik texnologiyasi madaniy plyuralizm, mul`timadaniy qadriyatlar interiorizatsiyasini ta’minlashga qaratilgan muzey va san’at pedagogikasining syujetli, imitatsion, modellashtirishga doir interaktiv o‘yin metodikalarini kommunikativlik darajasini validligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ta’lim jarayonida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik xususiyatlarini hurfikrlilikka asoslangan ta’lim muhitini proeksiyalash orqali konstruktiv muloqotchanlikka yo‘naltirilgan o‘quv materiallarini variativ loyihalashning ontologik, normativ, motivatsion bosqichlarining qaytar aloqaga kirishuvchanlik darajasini kengaytirish orqali aniqlashtirish, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni ijtimoiy moslashuv va axloqiy-amaliy faoliyat mexanizmi sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimini hamkorlikdagi, refleksiv va badiiy adabiyotlardan foydalanishga doir faoliyatni tashkil etishning interfaol usullarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fani bo‘yicha milliy o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 14 iyuldagi 01/11-02/02-10/07-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tarbiya” fani mazmunini tolerantlik pedagogikasiga doir o‘quv materiallari bilan boyitishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlarini “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonlari “Dunyo piramidasi”, “Tolerantlik o‘lkasida”, “Kuch – do‘stlikda”, “Ezgu qo‘llar”, “Biz va olam” kabi elektiv mashg‘ulotlarni modulli ta’lim texnologiyasining diagnostik maqsadni belgilash, moslashuvchanlik, hamkorlik, refleksiv tamoyillariga ustuvorlik berish asosida loyihalash mantig‘ini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A-1-099. “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasining tolerant tafakkurni shakllantirishning modulli metodikasi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 21 fevraldagi 89-03-1036-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning etnopedagogik texnologiyasini madaniy plyuralizm, mul`timadaniy qadriyatlar interiorizatsiyasini ta’minlashga qaratilgan muzey va san’at pedagogikasining syujetli, imitatsion, modellashtirishga doir interaktiv o‘yin metodikalarini kommunikativlik darajasini validligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan I-2011-13-4 “Tarbiyachilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash” (2011-2012 yy.) innovatsion loyihasining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tolerantlik faoliyatini shakllantirish qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 21 fevraldagi 89-03-1036-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish