Usmonov Zoxid Normatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududiy omillarni hisobga olgan holda qishloq maktablari o‘quvchilarining jismoniy tarbiya uslubiyatini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped 848.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Ilmiy rahbar: Xankel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xodjaev Faxriddin, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq maktablarining 5-7 sinflarida hududiy omillarni inobatga olgan holda jismoniy tarbiya  darslari mazmunini takomillashtirish orqali  o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sohaga oid sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkillashtirish uchun gipertermik sharoit va uning ta’siri, geteroxron, gipodinamik omillarni inobatga olib o‘quv materiallari tarkibiga milliy harakatli o‘yinlarni jismoniy sifatlarga ta’siri bo‘yicha beshta blokka taqsimlab mashg‘ulot mazmuniga kiritish hisobiga mashqlardan  foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘rta maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarning jismoniy tayyorgarligini  kichik guruhlarga taqsimlashning “2 D”  jismoniy tayyorgarlik darajasining o‘zgarish dinamikasini nazorat qiluvchi platforma ishlab chiqish va mashqlarni shiddat zonasi bo‘yicha foizlarda taqsimlab berish hisobiga jismoniy sifatlarni rivojlantirish imkoniyatlari takomillashtirilgan; 
o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olib jismoniy rivojlanishdan ortda qolayotgan sifatlarni  shakllantirishga maqsadli ta’sir ko‘rsatish uchun  harakat sur’ati va reaksiya tezkorligini oshirishga mo‘ljallangan tezlik-kuch, siklik, yaqinlashtiruvchi kabi  mashq elementlarni takomillashtirish hisobiga zarur bo‘lgan harakat sifatlarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
qishloq umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasiga ta’sir etish xususiyatlaridan kelib chiqib, kuzatilayotgan gipodinamiyani (jismoniy xarakatchanlikning pasayishi) oldini olishga qaratilgan kichik hajmli mashqlarning yuklama shiddatlaridagi berilgan vaqtni qisqartirib aerob sharoit uchun uch bosqichli “pog‘onama-pog‘ona” metodini ishlab chiqish hisobiga harakat faolligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq maktablarining 5-7 sinflarida hududiy omillarni inobatga olgan holda jismoniy tarbiya darslari mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha olib borilgan  tadqiqotlar natijalari asosida:
gipertermik sharoit va uning ta’siri, geteroxron, gipodinamik omillarni inobatga olib, o‘quv materiallari mazmuniga va mashg‘ulot jarayoniga milliy harakatli o‘yinlarni kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 11-umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 12 oktyabrdagi 01/11-02/02-1469-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning jismoniy mashqlarni samarali bajarish imkoniyati 15,1 %   ga oshirilgan;
qishloq umumta’lim maktablarida o‘g‘il bolalarning jismoniy tayyorgarligini  aniqlash orqali kichik guruhlarga taqsimlash asosida jismoniy tayyorgarlik darajasining o‘zgarish dinamikasini nazorat qiluvchi platformaga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va Texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-099 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 12 oktyabrdagi 01/11-02/02-1469-son ma’lumotnomasi).  Natijada o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichi 11% ga yaxshilangan;
o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilarda jismoniy rivojlanishdan ortda qolayotgan sifatlarni  shakllantirishga maqsadli ta’sir ko‘rsatish uchun  harakat sur’ati va reaksiya tezkorligini oshirishga mo‘ljallangan mashqlarni qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223–raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 12 oktyabrdagi 01/11-02/02-1469-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar jismoniy sifatlarining 15,8 % ga o‘sishiga erishilgan;
o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasiga ta’sir etish xususiyatlaridan kelib chiqib kuzatilayotgan gipodinamiyani oldini olishga qaratilgan kichik hajmli mashqlarning yuklama shiddatlaridagi berilgan vaqtni qisqartirib aerob sharoit uchun uch bosqichli “pog‘onama-pog‘ona” metodini qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va Texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” (2015-2018 yy,) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 12 oktyabrdagi 01/11-02/02-1469-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 17,1 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish