Ostonov Jasur Shopirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlarda koping xulq-atvor omillari shakllanishining ijtimoiy psixologik mexanizmlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/P254.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD 03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Muxtorov Erkin Mustafoevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlik davridagi koping xulq-atvor omillari shakllanishining ijtimoiy psixologik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda adaptiv koping xulqni shakllanishida qiz bolalarda emotsional moslashuv, o‘g‘il bolalarda kognitiv-koping strategiyalarini ustivorligi tufayli gender tafovutlarni mavjudligi dalillangan;
o‘smirlarning koping xulq-atvorini shakllanishida introvert hamda neyrotizm tiplarining stressga baqarorligini pastligi, ekstrovertlarda esa aksincha hissiy turg‘unlikning differensial rivojlanishi tufayli emotsional psixologik xususiyatlar yetakchi omil ekanligi dalillangan;
o‘smirlarda koping xulq-atvor shakllanishida qiz bolalarda emotsiyaga yo‘nalgan koping, o‘zini chetga olish shkalasi ichidan ijtimoiy chalg‘ish, o‘g‘il bolalarda o‘zini chetga olish shkalasi ichidan bosh tortish, chalg‘ish subshkalasi, o‘zini chetga olish shkalasi ichidan ijtimoiy chalg‘ish strategiyalarini yuqorililigi tufayli differensial farqlar mavjudligi asoslangan;
o‘smirlik davrida koping xulqni korreksiyalashda stressga barqarorlikni ijtimoiy va emotsional intellekt bilan uyg‘un rivojlantirish muhimligiga ko‘ra ego kompetentlikni shakllantirish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘smirlarda koping xulq-atvor omillari shakllanishining ijtimoiy psixologik mexanizmlari o‘rganish asosida:
o‘smirlarda adaptiv koping xulqni shakllanishida qiz bolalarda emotsional moslashuv, o‘g‘il bolalarda kognitiv-koping strategiyalarini ustivorligi tufayli gender tafovutlarni mavjudligi dalillanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi 18-a-sonli buyrug‘iga binoan «Rivojlanish psixologiyasi» moduliga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-18-a-son ma’lumotnomasi). Natijada trenerlar uchun o‘smirlarda koping xulq-atvor omillari shakllanishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha doimiy trening dasturi yaratilgan;
o‘smirlarning koping xulq-atvorini shakllanishida introvert hamda neyrotizm tiplarining stressga baqarorligini pastligi, ekstrovertlarda esa aksincha hissiy turg‘unlikning differensial rivojlanishi tufayli emotsional psixologik xususiyatlar yetakchi omil ekanligi dalillangan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi 18-a-sonli buyrug‘iga binoan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-18-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarning koping xulq-atvorini shakllantirishning xissiy-kognitiv komponentlarini diiagnostika qilishning uslubiy ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
o‘smirlarda koping xulq-atvor shakllanishida qiz bolalarda emotsiyaga yo‘nalgan koping, o‘zini chetga olish shkalasi ichidan ijtimoiy chalg‘ish, o‘g‘il bolalarda o‘zini chetga olish shkalasi ichidan bosh tortish, chalg‘ish subshkalasi, o‘zini chetga olish shkalasi ichidan ijtimoiy chalg‘ish strategiyalarini yuqorililigi tufayli differensial farqlar mavjudligi asoslangan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi 18-a-sonli buyrug‘iga binoan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-18-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda koping xulq-atvor omillarini o‘rganishning metodik asoslarini takomillashtirish modeli yaratilgan;
o‘smirlik davrida koping xulqni korreksiyalashda stressga barqarorlikni ijtimoiy va emotsional intellekt bilan uyg‘un rivojlantirish muhimligiga ko‘ra ego kompetentlikni shakllantirish zaruratiga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi 18-a-sonli buyrug‘iga binoan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-18-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda koping xulq-atvor omillari shakllanishida salbiy munosabatlardan saqlanish, emotsional holatlarda yordam berishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.