Axmadjono‘v Asilbek Kosim o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Organizmning individual metabolizm xususiyatlariga bog‘liq holda eksperimental gipotireozning kechishi va uni korreksiyalash yo‘llari», 14.00.17–Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib208.

Ilmiy maslahatchi: Saidov Saidamir Abrorovich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Aminov Soloxiddin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarov Pulat Soatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: N-atsetiltransferaza faollikni individual metabolik xususiyatlariga bog‘liq ravishda eksperimental gipotireoz kechishiga yod tarkibli turli birikmalarning ta’sirini o‘rganishni takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

gipotireoz va unga yondosh o‘zgarishlarni korreksiyalashda atsetillash fenotipni baholanishini hisobga olgan holda yod tarkibli turli birikmalarni qo‘llashga differensiallashgan yondashuv mexanizmi asoslangan;

atsetillash turi har xil bo‘lgan tajriba hayvonlarining qalqonsimon bezning tireotrop gormonlari balansini saqlab turishda yod tarkibli birikmalarni iste’mol qilish ahamiyati va uning ijobiy ko‘rsatkichlari isbotlangan;

metabolik faolligi yuqori va past atsetillashning β- va α-fenotipli tajriba hayvonlarida gipotireozning eksperimental modeli fonida qalqonsimon bezidan aniqlangan morfologik ko‘rsatkichlarning ijobiy natijalari isbotlangan;

gipotireoz bilan kasallangan bemorlarda aniqlangan klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning samaradorligi yuqori bo‘lgan kompleks davolash tizimining tartibi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Organizmning individual metabolik xususiyatlariga bog‘liq holda eksperimental gipotireozni kompleks davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Yod etishmovchiligi davolash vositalari» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 20160176). Natijada organizmda tez metabalizmli gipotireoz kasallikni davolashda etarli darajada yod birikmalari bilan ta’minlashga olib kelib, kasallikni davolashda samara berishi isbotlangan;

gipotireoz bemorlarda yod tanqisligi holatini oldini olish va davolash samaradorligini oshirish maqsadida «Yod tanqislik holatida qalqonsimon bezi patologiyasining rivojlanishi aspektlarida kasallikni tashxislash, davolash va oldini olish muammolari» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 7 fevraldagi 8N-d/106-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma gipotireoz bilan xastalangan bemorlarda kasallikni tashxislash, davolash va oldini olishga qaratilgan an’anaviy eksperimental tashxislash modeli yaratilgan va kasallikni davolash samaradorligi 25% dan 56%gacha oshirgan;

gipotireozni davolashda eksperimental tadqiqotlarning samaradorligi va atsetillash fenotipini hisobga olgan holda yod-brom biologik faol qo‘shimchasining ahamiyatini asoslash maqsadida «Eksperimental gipotireozda atsetillash fenotipini hisobga olgan holda yod-brom biologik faol qo‘shimchasini solishtirma korreksiyasi» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 7 fevraldagi 8N-d/106-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma gipotireoz bilan xastalangan bemorlarda T3 va T4 gormonlarining tiklash darajasi boshqa kimyoviy yod saqlovich dori vositalari yodsiklodekstringa nisbatan kuchsiz bo‘lishiga qaramasdan faol ekanligini isbotlashga xizmat qilgan;

individual-tipologik xususiyatlarni hisobga olgan holda eksperimental gipotireozni tashxislashning eksperimental davolash tartibi, differensiallangan usullarini qo‘llashning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 11 dekabrdagi 8N-3/65-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi eksperimental tadqiqotlar sifatining ortishi, jumladan, klinikagacha tadqiqotda individual-tipologik xususiyatlarni aniqlash turli patalogiyalarni, mazkur holatda esa qalqonsimon bez kasalliklarini davolashda yondashuvni, tadqiq etiladigan birikmalarning eng maqbul turlarini tanlash, ularni qo‘llash samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish