Maxamadtoirova Adiba Botir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Hozirgi xitoy tilidagi qiyoslash konstruksiyalarida darajalanish”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1290.
Ilmiy rahbar: Nasirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlar doktori, professor; Kebaytuli Gulibanum, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi xitoy tilidagi qiyoslash konstruksiyalarida darajalanish hodisasining namoyon bo‘lishini struktur, funksional va semantik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xitoy tilidagi qiyoslash konstruksiyalarida darajalanish hodisasi ifoda mazmunidan kelib chiqib struktur, semantik hamda funksional yondashuvlar asosida qiyoslash va o‘xshatish konstruksiyalarini farqlashga doir sintaktik va semantik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;
xitoy tilida qiyoslash mazmunli gaplarning belgi, xususiyat, jarayon, harakat yoki holatni ifodalashiga ko‘ra darajalanishning uzluksiz vaqt davomidagi va jarayon vaqtidagi konstruksiyalarda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
xitoy tilidagi qiyoslash konstruksiyalarida darajalanish hodisasi mohiyatiga ko‘ra, klimaks高潮 gāocháo, antiklimaks 反高潮 fǎn gāocháo; ifoda usuliga ko‘ra, mantiqiy 合逻辑的 luójí de, miqdoriy 数量的 shùliàng de, emotsional感情的 gǎnqíng de; baholash nuqtai nazaridan, ob’ektiv 客观的 kèguān de, sub’ektiv主观的 zhǔguān de tarzda aks etishi dalillangan;
grammatikaga oid asl manbalarda qayd etilgan 16 ta konstruksiyadan tashqari xitoy tilida yana 2 ta: (越yuè (是shì) …越发 yuèfā …) hamda (愈yù…愈yù...) qiyoslash konstruksiyasi ham mavjud ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy tilidagi qiyoslash konstruksiyalarida darajalanish hodisasining ifodalanishini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
xitoy tilidagi qiyoslash konstruksiyalarida darajalanish hodisasi namoyon bo‘lishining struktur, funksional va semantik jihatlari bilan bog‘liq fikr-mulohaza, xulosalardan “Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili)”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (xitoy tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun tayyorlangan “Xitoy tili” (boshlang‘ich kurs II jild) darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356-093-raqamli guvohnoma). Ilmiy natijalar tatbiqi darslikni xitoy tili semantikasi va grammatikasiga doir yangi muhim ilmiy ma’lumotlar bilan boyishini ta’minlagan;
grammatikaga oid asl manbalarda qayd etilgan 16 ta konstruksiyadan tashqari xitoy tilida yana 2 ta: (越yuè (是shì) …越发 yuèfā …) hamda (愈yù…愈yù...) qiyoslash konstruksiyasi ham mavjud ekanligi haqidagi tahliliy fikr va nazariy xulosalardan O‘zbek-Xitoy Konfusiy institutining ilmiy yo‘nalishlarida, xitoy tili darslari jarayonlarida keng foydalanilgan (O‘zbek-Xitoy Konfusiy institutining 2021 yil 10 yanvardagi 3-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar xitoy tilida qiyoslash mazmunidagi konstruksiyalarni to‘g‘ri tarjima qilish orqali ushbu konstruksiyalardan foydalanish usullarini o‘quvchilarga oson etkazish, qolaversa, xitoy tilida qiyoslash konstruksiyalarini yasalish yo‘llarini tushuntirishda xizmat qilgan;
xitoy tilidagi qiyoslash mazmunli gaplarda darajalanishning uzluksiz vaqt davomidagi va jarayon vaqtidagi konstruksiyalarda namoyon bo‘lishi haqidagi tahliliy fikr va nazariy xulosalardan «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishi ssenariylarini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUKning 2021 yil 9 apreldagi 01-40-21-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tatbiqi ko‘rsatuv va eshittirishning ilmiy dalillarga boy va ommabop bo‘lishini ta’minlagan. Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar mazmuni yanada mukammallashgan.