Mallaeva Ozoda Maxramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish mexanizmlarini individual yondashuv asosida takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped2048.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Davlatjon Maxamatjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmonov Abdunazar Toshboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ahmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish mexanizmlarini individual yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab ingliz tili o‘qituvchilarining individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini loyihalash mexanizmi kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni aniqlashtirish hamda ish tajribasi, kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan motivlar, kasbiy faoliyatdagi qiyinchiliklar va kompetensiyaviy bo‘shliqlar kabi funksional omillarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
maktab ingliz tili o‘qituvchilarining malaka oshirish mazmuni individual kasbiy rivojlanish traektoriyasi uchun zarur bo‘ladigan ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda kompetentlikning tayanch, kasbiy-boshqaruv, ijtimoiy-madaniy komponentlari ob’ektiv holatini rivojlantirishga yo‘naltiruvchi ta’lim resurslari asosida ishlab chiqilgan;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish mexanizmi maktab ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qitish shakllari va modullarini kasbiy ehtiyojlariga qarab tanlash va o‘z-o‘zini baholash imkoniyatini yaratish orqali takomillashtirilgan;
malaka oshirish yo‘nalishlari, mazmuni va individual dasturi uzluksiz kasbiy rivojlantirish mexanizmining maktab ingliz tili o‘qituvchilarining kompetentlilik darajasidan kelib chiqib shakllantirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilarining individual ta’lim traektoriyasi asosida malakasini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktab ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish mexanizmi individual ta’lim traektoriyasini shakllantirishda sub’ektlar faoliyatini tizimlashtirish va ta’lim resurslarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir ilmiy takliflaridan Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 19 apreldagi “Xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etish to‘g‘risida”gi 118-sonli buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 12 maydagi 02.02/3-915-son ma’lumotnomasi). Natijada, individuallikka asoslangan malaka oshirish ta’lim jarayonida sub’ektlar vazifalari aniqlashtirilgan;
maktab ingliz tili o‘qituvchilarining individual ta’lim traektoriyasini loyihalash mexanizmini kommunikativ, o‘zini-o‘zi rivojlantirish hamda o‘zini-o‘zi baholash va ekspert baholash orqali takomillashtirishga doir ilmiy takliflar Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 19 apreldagi “Xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etish to‘g‘risida”gi 118-sonli buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 12 maydagi 02.02/3-915-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab ingliz tili o‘qituvchilarining individual ta’lim traektoriyasini shakllantirish tartibi ishlab chiqilgan;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish mexanizmi maktab ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qitish shakllari va modullarini kasbiy ehtiyojlariga qarab tanlash va o‘z-o‘zini baholash imkoniyatini yaratish hamda malaka oshirish yo‘nalishlari, mazmuni va individual dasturi uzluksiz kasbiy rivojlantirish mexanizmining maktab ingliz tili o‘qituvchilarining kompetentlilik darajasidan kelib chiqib shakllantirish orqali takomillashtirilganligiga doir ilmiy takliflar Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 19 apreldagi “Xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etish to‘g‘risida”gi 118-sonli buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 12 maydagi 02.02/3-915-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab ingliz tili o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish individual ta’lim traektoriyasi ishlab chiqilgan holda masofadan onlayn shakllarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.