Axmatov Amonkeldi Hasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro adabiy muhiti tarixi (XX asr)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar599.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Tayronov Yoqubjon Rapiqovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr Buxoro adabiy muhiti tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr boshlarida Buxoro adabiy harakatchiligida saroy adabiy muhiti, ma’rifatparvarlik singari oqim va yo‘nalishlar yuzaga kelishining tarixiy omillari, adiblar ijodida uzoq davom etgan turg‘unlikdan qutulish mafkurasi mavjudligi sababli milliy ozodlik va o‘zlikni anglash tendensiyalari yetakchilik qilganligi aniqlangan;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro bo‘limining 1934 yilda tuzilganligi, II jahon urushi tufayli faoliyatining to‘xtab qolganligi, 1955 yil 1 oktyabrda 293-sonli farmoyish asosida qayta tashkil etilganligi va uning tarkibiy tuzilmasi, moliyaviy holati, adabiy aloqalari hamda faoliyati asoslangan;
Buxoro adabiy muhiti vakillarining turli tillarda ijod qilganligi, o‘zbeklardan tashqari tojik, fors, rus, yahudiy singari milliy tarkibga egaligi, respublikadan adiblarning tashriflari adabiy muhitga, yosh ijodkorlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan;
mustaqillik arafasida va dastlabki o‘n yilligida Buxorodagi adabiyot namoyandalarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlab, moddiy-moliyaviy ko‘mak berib borilgani ularning iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qilgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro adabiy muhiti tarixi (XX asr) tadqiqi natijalari asosida:
XX asr boshlarida Buxoro adabiy harakatchiligida saroy adabiy muhiti, ma’rifatparvarlik singari oqim va yo‘nalishlar yuzaga kelishining tarixiy omillari, adiblar ijodida uzoq davom etgan turg‘unlikdan qutulish mafkurasi mavjudligi sababli milliy ozodlik va o‘zlikni anglash tendensiyalari yetakchilik qilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan hamda mustaqillik arafasida va dastlabki o‘n yilligida Buxorodagi adabiyot namoyandalarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlab, moddiy-moliyaviy ko‘mak berib borilgani ularning iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qilgani haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” hamda “Taqdimot” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 sentyabrdagi 01-13-1542-son ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘rsatuvlar mazmunini boyitishda va ularning ommabopligini ta’minlashda xizmat qilgan;
1934 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro bo‘limining tuzilishi, biroq II jahon urushi tufayli to‘xtab qolishi, 1955 yil 1 oktabrda 293-sonli farmoyish asosida qayta tashkil etilishi va uning tarkibiy tuzilimasi, moliyaviy holati, adabiy aloqalari, bugunga qadar bo‘lgan faoliyati hamda Buxoro adabiy muhiti vakillarining turli tillarda ijod qilish xususiyati, o‘zbeklardan tashqari tojik, fors, rus, yahudiy singari milliy tarkibga egaligi, ijtimoiy-iqtisodiy holati, Respublikadan adiblarning tashriflari va ularning adabiy muhitga, yosh ijodkorlarning faoliyatiga ta’siri bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetida bajarilgan 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildli monografiyasini chop etish (7-jild)” mavzusidagi fundamental loyihaning XX asr qismini shakllantirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetining 2022 yil 15 apreldagi 04/1–691-son ma’lumotnomasi). Natijalar mazkur ko‘p jildli monografiyaning ettinchi jildida XX asr Buxoro adabiy muhiti tarixi masalalarini atroflicha yoritishga xizmat qilgan.